Jacques Natteau
Jacques Natteau (1920-yil 15-noyabr — 2007-yil 17-aprel) — fransuz fotografi.
Jacques Natteau | |
---|---|
Jacques Natteau kamera qarshisida | |
Tavalludi |
Jacques Etienne Chiuminatto 1920-yil 15-noyabr |
Vafoti |
17-aprel 2007-yil (86 yoshda) Shveysariya, Lozanna |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili |
Fuqaroligi | Fransiya |
Turmush oʻrtogʻi |
Genevieve Langevin (turm. 1942; ajr. 1953) Yvonne Furneaux (turm. 1962–2007)
|
Bolalari |
Catherine Breguet, Nicholas Natteau
|
Hayoti
tahrirNatteau 1920-yil 15-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. Otasi Edouard Chiuminatto Birinchi jahon urushida fransuz armiyasi kapitani boʻlgan va janglarda koʻp marta jarohatlangan. Birinchi jahon urushidan soʻng, otasi Mudofaa ishlari boʻyicha Turkiyaga yuborilgan. 1919-yil Versal sulh shartnomasi asosida Germaniya imperiyasi Ottoman Imperiyasiga taslim boʻlgan.
Natteau uch yoshligida, Kemal Atatürk hokimiyatni qoʻliga olgan. Oilaning keyingi yillari Parijda oʻtgan va yosh Jacques Natteau Parijning nufuzli Lycée Henri IV oliygohiga qabul qilingan. 1938-yilda oliygohni tugatgan.
Ikkinchi jahon urushi
tahrirOtasi 1939-yil Ikkinchi jahon urushi arafasida qonli Verden jangida piyoda askar sifatida qatnashgan. Shundan soʻng, Edouard oʻgʻlini Fransiya harbiy-havo kuchlariga qoʻshilishga koʻndirgan. 1939-yilning yozida Jacques Natteau oʻzining Lycée Henri IV litseyidagi doʻstlari bilan birga Fransiya harbiy-havo kuchlariga qoʻshilgan.
Natteau va doʻstlari qiruvchi samolyot uchuvchisi sifatida Fransiya-Germaniya urushi (1939-yil sentyabr — 1940-yil may), Fransiya jangi va Gitlerning Gʻarbga qarshi yurishlarida qatnashgan. 1940-yil Fransiya qulaganida, Jacques Natteau Qirollik harbiy-havo kuchlariga qoʻshilgan va Buyuk Britaniya jangida qatnashgan. Shundan soʻng, Distinguished Flying Cross va French Legion of Honor mukofotlari bilan taqdirlangan.
Vafoti
tahrirJacques Natteau 2007-yil 17-aprel kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida sayohat qilib yurganida zotiljam kasalligidan vafot etgan.