Jacques Offenbach
Jacques Offenbach (talaffuzi: Jak Offenbax; asl ismi va familiyasi Yakob Ebershi; 20-iyun 1819-yil, Kyoln - 4-oktabr 1880-yil, Parij) — fransuz kompozitori, fransuz operettasining asoschisi. 1849-yildan "Komediya Fransez" teatrida dirijyor va kompozitor. 1855—61 yillarda oʻzi asos solgan "Buff-Pari-zyen", 1872—76 yillar "Dela Gete" teatrlarini boshqargan. Jacques Offenbach 100 ga yaqin operetta yozib, mazkur janr tarixini boshlab bergan. Ulardan "Orfey doʻzaxda", "Guzal Yelena", "Koʻk soqol", "Parij hayoti", "Perikola", shuningdek, "Gofman ertaklari" nomli romantik operasi (1880) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan.[3]
Jacques Offenbach | |
---|---|
Tavalludi | 20-iyun 1819[1] |
Vafoti | 5-oktyabr 1880[2][1] |
Fuqaroligi | Fransiya va Prussiya qirolligi |
Otasi | Isaac Offenbach |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |