Jadid teatrlari
Jadid teatrlari XIX-XX asrlarda Oʻzbekiston hududida paydo boʻlgan, bu teatrlar o'zbek milliy teatrlarining koʻp jihatidan yuksalishida katta ahamiyatga ega. 1911-yil Turkiston hududida ilk drama asarlar sahnalashtirilgan. Misol qilib olganda Behbudiyning „Padarkush“ spektakli, „Mahramlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan A.Samadovning spektakllarini eʼtiborga loyiq asarlar sifatida olish mumkin. Bular ichida "Padarkush" spektaklini yaqqol ajratib olsa boʻladi, chunki oʻsha davrda uning gʻoyaviy ahamiyati juda katta boʻlgan. Samarqand shahrida birinchilardan boʻlib yangi Oʻzbek jadid teatri ish boshladi, uning ochilishida va qurilishida Mahmudxoʻja Behbudiyning xizmatlari juda katta boʻlgan[1].
Bu teatrda birinchilardan boʻlib uning mashhur "Padarkush“ pyesasi namoyish etilgan. Jadidchilar harakatida
yana koʻplab atoqli namoyandalar va maʼrifatparvarlar bu kabi jadid teatrlarini vujudga kelishida juda katta xizmat qilganlar. Misol qilib olganda Abdulla Avloniy
va Hamza Hakimzoda Niyoziyning xizmatlari juda ham katta boʻlgan. Toshkent shahrida birinchi jadid teatri 1914-yilda oʻz ishini boshlagan. Bu teatrning ochilishida
Abdulla Avloniyning xizmatlari juda katta. U bu teatrni „ Turon teatri“ deb nomlagan. Bu teatrda ham birinichi spektakl „Padarkush“ pyesasi hisoblanadi.Shu jumladan
Turon teatri Turkiston boʻylab oʻzlarining gastrol safarlarini oʻtkazgan.Uning 1915-yildagi gastrol safari juda ham muvaffaqiyatli chiqadi[2].
Jadidchilarning yana bir yirik namoyondasi
hisoblangan Hamza Hakimzoda Niyoziy oʻzining havaskorlar teatrini 1916-yilda Qoʻqon shahrida tuzadi. Oʻzbek teatrini yuksalishida katta ahamiyatga ega boʻlgan Hamzaning
„Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ pyesasi boʻlgan. Bu teatrda ushbu asar ilk bor 1917-yilda sahnalashtirilgan. Shunday qilib jadid teatrlari xalq orasida mashhur boʻlgan.[3]
Toshkentdagi hozirgi Milliy teatr tashkilotchilaridan biri boʻlgan Mannon Uygʻur va Oʻzbek jadid teatrining ilk ayol aktrisasi Masuma Qoriyeva oʻz ish faoliyatini boshladilar.
Turkistonning boshqa hududlarida, Fargʻonada, Andijonda va Xivada yana shunga oʻxshash teatrlar ochildi. Mannon Uygʻur tashabbusi bilan Buxoro shahrida yana bir teatr ochildi.
Bu teatrlarda xalqning koʻngliga yaqin axloqiy va ijtimoiy jihatlarga aloqador mavzularda sahna koʻrinishlar koʻrsatildi.Bu sahna koʻrinishlarda zulmga qarshi kurash, odamiylik
kabi insoniy xislatlar koʻrsatildi. Shu tariqa jadidlar tomonidan birinchilardan boʻlib tashkil etilgan jadid teatrlari Oʻzbek milliy teatrini vujudga kelishiga asos boʻldi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ com_content&task=category§ionid=27&id=577&Itemid=210
- ↑ cholpon-shorolar-hukumati-va-sanoye-nafisa-1920/, 2016-02-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-31
- ↑ adabiyot8/330.html, 2016-04-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-31
- ↑ Oʻzbekiston tarixi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |