Jahon ob-havo xizmati - yer shari miqyosida ob-havo oʻzgarishlarini kuzatib turish bilan shugʻullanadigan tizim. Dunyo ahamiyatiga molik markazlar hamda hududiy aqamiyatga molik meteorologiya markazlaridan iborat. J. o-h. x. rejasi 1967 yilda qabul qilingan. Bu markazlar oʻzaro tezkor aloqa kanallari orqali oʻzaro bogʻlangan. Dunyo ahamiyatiga molik markazlar Vashington, Melburn va Moskvada joylashgan. Hududiy ahamiyatga molik meteorologiya markazlari 20 dan ortiq hududda, shu jumladan Oʻrta Osiyo hududida ham mavjud. Bundan tashqari, har qaysi mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ob-havo xizmatlari faoliyat koʻrsatadi. Bularning faoliyatini Jahon meteorologiya tashkiloti uygunlashtirib turadi. J. o.-h. x. markazlari butun yer sharidagi ob-havoning xolati haqidagi maʼlumotlarni markazlashgan usulda toʻplaydi, ularni avtomatik tarzda ishlab chiqadi, uzluksiz ishlab turadigan meteorologiya va aerologiya tarmoqlari, ob-havoni kuzatishkemalari va meteorologiya sunʼii yoʻldoshlari kuzatuvlaridan foydalanadi, tayyor maʼlumotlarni, ob-havo haritalarini, ob-havoni oldindan aytishga doyr materiallarni tarqatadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil