Jahon soborlari - xristian cherkovi oliy ruhoniylari yigʻilishlari. Ularda diniy taʼlimot va diniy marosim tizimi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, kanonik meʼyorlar hamda ibodat qilish qoidalari shakllantirilgan, ilohiyotdagi turli konsepsiyalarga baho berilgan, bidʼatchilikka qarshi kurash usullari belgilangan. Pravoslav cherkovi dastlabki 7 ta J. s.ni (4—8-asrlar) vakolatli boʻlgan deb hisoblaydi. Xristianlik cherkovi pravoslaviye va katolitsizmga ajralgan (1054-yil)dan keyin Rim papalari 12-asrdan boshlab katolik cherkovi oliy ruhoniylari yigʻilishlarini qaytadan tikladi va ularni yana J. s. nomi bilan atay boshladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil