Jahongir (roman)
„Jahongir“ (ruscha: Властелин мира) — rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Asarning qisqartirilgan versiyasi ilk bor 1926-yil „Gudok“ gazetasida chop etilgan. Toʻliq versiyasi 1928-yil „Vokrug sveta“ jurnaliga ilova sifatida nashr qilingan.
Asl nomi | Властелин мира |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksandr Belyayev |
Tarjimon(lar) | Nizom Komilov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy-fantastik roman |
Nashr etilgan sanasi | 1926 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1979 |
Sahifalar soni | 213 |
Asarni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.
„Jahongir“ fikrlarni masofaga joʻnatish mavzusiga bagʻishlangan. Muallifni bu gʻoya juda qiziqtirgan.
Syujeti
tahrirAsar bosh qahramoni Shtirner olisdan turib kishi ongiga taʼsir oʻtkazuvchi moslamani ixtiro qiladi. Ammo u ixtirosi yordamida boylik orttirishga, jahonga yagona hukmron boʻlishga urinadi. Pirovardida Shtirner tang ahvolga tushib, tanlagan yoʻlidan qaytishga majbur boʻladi.
Qahramonlari
tahrir- Lyudvig Shtirner – olmon fiziologi, sobiq aspirant, bankir kotibi
- Emma Fit – Gotlib bankida kotiba
- Elza Glyuk – Gotlib banki xodimi
- Otto Zauer – Gotlibning yuriskonsulti
- Karl Gotlib – Olmoniyaning yirik bankiri
- frau Shmitgof – Gotlibning ekonomkasi
- Gans – Gotlibning xizmatkori
- Oskar Gotlib – Gotlibning ukasi
- Rudolf Gotlib – Oskar Gotlibning oʻgʻli
- Lyuders – advokat
- Krans – berlinlik iqzuvar
- Kachinskiy – moskvalik muhandis va ixtirochi
- Dugov – Moskvadagi hayvonot bogʻlarining mudiri
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirJahongir
tahrirRoman Oʻzbek tilida 1979-yil alohida kitob oʻlaroq chop etilgan. Mazkur nashr Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti chop etilgan.
Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi
tahrirRoman 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan. Toʻplamni oʻzbek tiliga 1963-yil „Molodaya gvardiya“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Nizom Komilov tarjima qilgan. Asar soʻzboshini M. Mahmudov yozgan.
Tahrir hayʼati Hakim Nazir (rahbar), Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev hamda Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Joʻrayeva – muharrir, L. Davats, A. Shatalov – rassomlar, A. Kiva – rasmlar muharriri, V. Barsukova – texnik muharrir, Sh. Sobirova, Sh. Nazarova – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Havolalar
tahrir