Anvar Obidjon
Anvar Obidjon (1947-yil 25-yanvar — 2020-yil 11-aprel) — Oʻzbekiston xalq shoiri, yozuvchi va jurnalist.
Anvar Obidjon | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
1947-yil 25-yanvar |
Vafoti |
11-aprel 2020-yil (73 yoshda) Toshkent shahri |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | Shoir, yozuvchi, jurnalist |
Faoliyat yillari | 1974—2020 |
Unvoni | Oʻzbekiston xalq shoiri |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Hayoti
tahrirAnvar Obidjon 1947-yilning 25-yanvarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan[1]. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1964—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.
Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala hisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978) sifatida ish olib borgan.
1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishlagan.
Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etgan[2].
Ijodi
tahrirAnvar Obidjon „Ona Yer“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qaragʻay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „[lamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq hangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirgan. Aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlagan.
„Meshpolvon“ asari asosida „Dahshatli Meshpolvon“ filmi suratga olingan.
Mukofotlari
tahrirAnvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali; 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni; 2011-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeniga sazovor boʻlgan[3].
Asarlari
tahrir- Alamazon va Gulmat. T.: „Choʻlpon“, 1998-yil.
- Juda qiziq voqea. T.: „Choʻlpon“, 1997-yil.
- Ketmagil. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ „Рубрика: Анвар Обиджон (1947-2020)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 5-mart 2025-yil.
- ↑ Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi. Kun.uz. Qaraldi: 11-04-2020
- ↑ „O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi“. daryo.uz. Qaraldi: 5-mart 2025-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Said Ahmad. Fargʻonada bittagina „Xalq soʻzi“. 2000-yil 19-aprel
- Rahmon Qoʻchqor. Ajabtovur idrok usuli. „Fidokor“, 2000-yil 20-iyul.
- Lola Zvonareva. Vsegda v jizni. „Detskaya literatura“ Moskva, 1988-yil
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Anvar Obidjonga tegishli iqtiboslar mavjud. |