„Shuhrat“ medali
(Shuhrat (medali)dan yoʻnaltirildi)
"Shuhrat" medali — Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan taʼsis etilgan. Bu medal bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida oʻzining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar mukofotlanadilar. Medal dastlab 0,5 mikron qalinliqda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan boʻladi. Medal diametri 34 mm li doira shaklida.
Medal bilan taqdirlanganlarTahrirlash
- Darvishbek Rahmonov — "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari
- Abdusaid Koʻchimov — shoir.
- Izzat Sulton — akademik, yozuvchi, dramaturg, adabiy tanqidchi, davlat va jamoat arbobi.
- O'tkir Haydarov- Press Secretary of Uzbekistan Republic.
- Dilnoza Kubayeva — aktrisa
- Ismadiyarov Abdulla — o'qituvchi
Sh. qarangTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |