„Sodiq xizmatlari uchun“ medaliOʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan biri.

Sodiq xizmatlari uchun medali
Fayl:Sodiq xizmarlari uchun rib.png
Mamlakat Oʻzbekiston
Turi Medal
Kimga topshiriladi harbiylar
Taqdirlash asosi yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari
Holati topshiriladi
Statistika
Koʻrsatkichlari 34 mm
Taʼsis sanasi 2007-yil 6-iyul
Birinchi taqdirlash 2007-yilda
Navbat
Toʻngʻich mukofot Kelajak bunyodkori medali
Kenja mukofot Shuhrat medali

Nizomi tahrir

1. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatning mudofaa qobiliyati hamda milliy xavfsizligini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligini oshirish va Oʻzbekistonda huquq-tartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

2. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

3. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.

4. „Sodiq xizmatlari uchun“ medalini hamda mukofotlash haqidagi tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa bunga vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

5. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.

6. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

7. „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Tavsifi tahrir

„Sodiq xizmatlari uchun“ medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira koʻrinishidadir.

Medalning old tomonida doirada yoqut rangli emal bilan qoplangan sakkiz qirrali yulduz fonida harbiy xizmatchining tasviri (Vatan qahramoni — himoyachisining timsoli) joylashgan. Medalning yuqori qismida aylana boʻylab aks ettirilgan lentaga „SODIQ XIZMATLARI UCHUN“ soʻzlari yozilgan. Medalning pastki qismida sakkiz qirrali yulduz va aylana boʻylab yashil rangli emal bilan qoplangan dafna barglari tasvirlangan.

Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan, pastki qismida medalning raqami yozilgan.

Medal eni 24 millimetrli zangori shoyi lenta sirilgan besh qirrali qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi, lentaning oʻrtasida eni 7 millimetrli oq yoʻl boʻlib, u eni 1 millimetrli qizil yoʻllar bilan hoshiyalangan.

Tasvirlar va yozuv — boʻrtma.

Medalning chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.[1]

Manbalar tahrir