Jahongir Abduvalievich Abdurasulov (1972-yil 1-sentyabr Andijon viloyati Asaka tumanida tavallud topgan, Oʻzbekiston SSR,) – oʻzbek xalqaro iqtisodchisi va davlat arbobi.2020-yildan IV-chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan[1].

Jahongir Abdurasulov
Tavalludi 1-sentyabr 1972-yil (1972-09-01) (52 yosh)
Taʼlimi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Vaseda Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Kasbi Diplomat, Iqtisodchi
Partiyasi Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi

Biografiyasi

tahrir

Jahongir Abdurasulov 1972-yil 1-sentyabrda Andijon viloyatid Asaka tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Vaseda universiteti(Yaponiya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar yoʻnalishi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini iqtisodiy diplomatiya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[2]. 2020-yildan IV-chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Oʻzbekiston „Adolat“ demokratik partiyasi fraksiyasi vakili, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi[3].Jahongir Abdurasulov Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki kredit tashkilotlarini litsenziyalash va faoliyatini nazorat qilish departamenti direktori. Jahongir Abdurasulov"Milliy tiklanish" fraksiyasi aʼzosi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  2. „Депутатлар“ (uz). saylov.uz. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  3. Список депутатов законодательной палаты Олий Мажлиса Узбекистана (2020—2025) // Википедия. — 2021-06-11.