Jahongir Ahmedov

oʻzbek rejissori va ssenariynavisi

Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan). Oʻzbek kinorejissor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].

Jahongir Ahmedov
Tavalludi 4-fevral 1983-yil (1983-02-04) (41 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Rejissor, ssenariychi
Faoliyat yillari 2009 — h.v.
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Tarjimai hol tahrir

Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U 25-oʻrta maktabni bitirib[2], 2002-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissorlik boʻyicha tamomlagan[3][4]. Ayni kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti dotsenti.

Ahmedov oʻzini katta kinoda 2009-yil „Uylanish“ kinokomediyasi kartinasini olishdan boshladi. U ssenariy va suratga olish jarayonini oʻzi olib, kinoga ilk qadamini qoʻydi. Bu bilan Jahongir Ahmedov kino sohasida toʻxtab qolgani yoʻq. 2010-yilda uning „Omad“ va shu yili „Tundan tonggacha“, 2012-yili esa – „Tilim qursin“ kinokomediyalari, 2016-yili – „Majnun“ drama janridagi kinosi olam yuzini koʻrdi.[5]

2018-yil Jahongir Ahmedov yangi loyiha ustida ishladi. U Xiva xonligining bosh vaziri, XX-asrning mashhur tarixiy siymolaridan biri Islomxoʻja hayotiga bagʻishlangan badiiy-publitsistik janrda „Islomxoʻja“ tarixiy filmini suratga oldi[6]. Ushbu film qahramonning hayoti, jamiyat va davlatni isloh qilish yoʻlidagi faoliyati, turli fitna va xavf-xatarlarga boy hayoti haqida soʻz yuritadi. Mazkur ish kinematografchilar tomonidan ijobiy baholanadi. Bu film nafaqat Oʻzbekistonda, boshqa xorijiy davlatlarda ham namoyish etiladi[7].

2020-yili Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ dramatik janrdagi film suratga olinadi[8][9]. J.Ahmedov mazkur filmni ssenariychisi va rejissori boʻldi. „Ilhaq“ butunjahon boʻylab karantin boʻlganligi uchun kinoteatrlarda emas, balki barcha telekanallarda namoyish etildi. Kinotanqidchilar filmni yuqori baholadilar[10]. U bir qancha festivallarda gʻolib boʻldi. Xususan, Belarusda oʻtkazilgan Listopad festivalida eng yaxshi film deb topildi[11]. Oʻzbekistonda eng yaxshi film uchun „Oltin humo“ mukofoti sovrindorini qoʻlga kiritdi[12]. Bundan tashqari, Jahongir Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan[13].

Jahongir Ahmedov kino faoliyati davomida rejissor sifatida 16 ta badiiy filmlarni yaratgan va 30 dan ortiq kinolarga ssenariy yozgan.

  • 2018-yilda – Oʻzbekiston kinematograflari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi.
  • 2019-yilda – Oʻzbekiston kinematografiya agentligi Badiiy kengash aʼzosi.
  • 2020-yilda – Oʻzbekiston Rassomlari va ijrochilar mualliflik huquqlari palatasi boshqaruv aʼzosi.

Maʼlumoti tahrir

  • Toshkentdagi 25-oʻrta maktabni bitirgan.
  • 2002-yildan 2006-yilgacha Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan.
  • 2006-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida magistratura bosqichida tahsil olgan va tamomlagan.

Filmografiya tahrir

Quyida Jahongir Ahmedov suratga olgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan.

Yil
Nomi Rol
2009-yil Uylanish rejissor, ssenariy muallifi
2010-yil Omad rejissor, ssenariy muallifi
2010-yil Tundan tonggacha rejissor, ssenariy muallifi
2011-yil Oling quda − bering quda rejissor, ssenariy muallifi
2011-yil Qorakoʻz rejissor, ssenariy muallifi
2012-yil Soʻnggi qoʻngʻiroq rejissor, ssenariy muallifi
2012-yil Xizmat doirasidan tashqarida rejissor, ssenariy muallifi
2012-yil Tundan tonggacha 2 rejissor, ssenariy muallifi
2013-yil Ana xolos rejissor, ssenariy muallifi
2015-yil Tilim qursin rejissor, ssenariy muallifi
2014-yil Baxt ortidan rejissor, ssenariy muallifi
2014-yil Onam bilmasin rejissor, ssenariy muallifi
2015-yil Dadam bilmasin rejissor, ssenariy muallifi
2015-yil Tilim qursin 2 rejissor, ssenariy muallifi
2016-yil Majnun rejissor, ssenariy muallifi
2017-yil Asal oyi rejissor, ssenariy muallifi
2018-yil Islomxo'ja rejissor, ssenariy muallifi
2020-yil Ilhaq rejissor, ssenariy muallifi

Mukofotlar tahrir

  • 2011-yil „M & TVA Eng yaxshi rejissori“ nominatsiyasi gʻolibi[14].
  • 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[15].
  • 2021-yil „Listopad“ Xalqaro kinofestivalda Gran-pri sohibi („Ilhaq“ filmi uchun)[16].
  • 2021-yil „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi film“ nominatsiyasi gʻolibi[17].

Manbalar tahrir

  1. Fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz
  2. Rejissor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Suratga olish ishlari uch yil davom etadi (Wayback Machine saytida 2022-01-10 sanasida arxivlangan) Daryo.uz
  3. Kino va adabiyot, „Oltin oʻrtali“ izlangan „Ilhaq“ va „Oskar“ — Rejissor Jahongir Ahmedov bilan suhbat[sayt ishlamaydi] Kun.uz
  4. Jahongir Ahmedov: Dunyoga chiqish uchun oldin hovliga chiqish kerak Amerikaovozi.com
  5. Jahongir Ahmedov: avvallari juda an’anaviy, o’ta konservativ fikrlagan ekanman Amerikaovozi.com
  6. Jahongir Ahmedovning «Islomxoʻja» filmida tarixiy qotillik siri fosh etiladi Kun.uz
  7. Jahongir Ahmedov AQSHlik kinoijodkorlar bilan turkum filmlarni suratga oladi (Wayback Machine saytida 2022-01-10 sanasida arxivlangan) Xs.uz
  8. «Ilhaq» filmi qahramoni — Zulfiya Zokirova yashagan xonadonga tashrif Kun.uz
  9. Завершились съемки фильма «Илхак», посвященного 75-летию победы во Второй мировой войне. Uzdaily.uz
  10. “Илҳақ” фильми режиссёри Жаҳонгир Аҳмедов билан очиқ суҳбат Yuz.uz
  11. Узбекистан представит в Минске фильм о войне — видео Uz.sputniknews.ru
  12. “Oltin Humo” milliy kinomukofotini tantanali topshirish marosimi Uzdaily.uz
  13. Шавкат Мирзиёев "Илҳақ" фильми ҳақида нима деди? (ВИДЕО) Aniq.uz
  14. M&TVA takdirlash marosimi yakuni! Fazo.tv
  15. Fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz
  16. Победителем фестиваля "Лістапад" стал фильм "Илхак" узбекского режиссера Джахонгира Ахмедова Belta.by
  17. Eng yaxshi film, aktyor, rejissor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi oʻtkazildi Qalampir.uz