Jahonshoh bahodur
Jahonshoh bahodur (XIV asr oxiri — XV asr boshi) - Amir Temurning lashkarboshilaridan; Jakubek barlosnint oʻgʻli, 1384-yil boshida otasi vafot etganidan soʻng Kobuliston viloyati unga xos mulk qilib beriladi. 1392-yil bahorida butun Afgʻoniston va Gʻarbiy Hindiston yerlari Pirmuhammad Jahongirga mulk qilib berilganidan soʻng Jahonshoh bahodur Qunduz va Bagʻlonning hokimi etib tayinlanadi va mazkur amirzodaning xos amirlari qatoriga kiritiladi. Shu bilan birga u sohibqironning deyarli barcha katta harbiy yurishlarida ishtirok etgan. Jumladan, u 1391, 1395-yillardagi Toʻxpgamishxon bilan boʻlgan janglarda katta harbiy mahorat va idrokni namoyish qilgan. 1404-yil bahorida gʻarbga qilingan "etti yillik yurish"dan qaytayotib, Amir Temur mirzo Umar ibn Mironshohga Hulokuxonta taalluugi ulusni ("Rum va Istanbulgacha, Shomu Misrgacha, Iroq va Forsgacha") meros qilib beradi va Jahonshoh bahodurni uning maslahatchisi etib, "Jahonshohbek soʻzidan chiqmagʻaysen va har nekim ul maslahat koʻrsa, aning birla amal qilgʻaysen" deb taʼkidlaydi.
Ashraf Ahmedov.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |