Jala — shiddat bilan yogʻadigan qisqa muddatli atmosfera yogʻini; kuchli yomgʻir. Baʼzan, xoʻl qor, qor uchqunlari aralash yogʻadi. J.ning yogʻish jadalligi har soatda 100 mm gacha yetadi. J. bulutdan emas, balki atmosferadagi sovuq frontda (qarang Atmosfera frontlari) joylashgan nobarqaror havo massalaridan yoki konveksiya natijasida yogʻadi. Xalq xoʻjaligiga, ayniqsa qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazishi, suv toshqinlariga sabab boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil