Jalandhar kantonmenti — Hindistonning Panjob shtatidagi Jalandhar tumanida joylashgan shaharcha. Kanton janubi-gʻarbda 30° 18' kenglik va 75° 37' uzunlik oraligʻida va temir yoʻl stansiyasidan 2 km va shahar temir yoʻl stantsiyasidan 5 km masofada joylashgan. U Grand Trunk Road yonida, Amritsardan 89 km va Dehlidan 371 km uzoqlikka teng. Shaharchaning maydoni 5,87 kvadrat milya (15,2 km²). U Amritsar-Dehli keng oʻlchovli magistral liniyasida oʻrnashgan. Adampurdagi I klass aerodromiga qadar 19 km masofa bor. Aerodrom Jalandhar kantonmenti bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Unda armiya, dengiz floti va havo kuchlariga askarlarni jalb qilish uchun mas’ul boʻlgan ishga qabul qilish idorasi mavjud. 1952-yilgacha bu lavozimni egallagan birinchi ishga qabul qilish boʻyicha ofitser polkovnik Jallandhar Doabdan Dilbagh Singx Minhas boʻlgan.

Jalandhar kantonmenti
shaharcha
Skyline of Jalandhar kantonmenti
31°11′24″N 75°20′24″E / 31.19000°N 75.34000°E / 31.19000; 75.34000
Mamlakat Hindiston
Shtat Panjob
Tuman Jalandhar
Asos solingan 1848
Maydon 15.2 km2 (5.9 kv mi)
Aholisi
 (2011)
47 845
Pochta indeks(lar)i 144005
Jalandhar kantonmenti xaritada
Jalandhar kantonmenti
Jalandhar kantonmenti

Jaladharda aholi uchun juda chiroyli parklar mavjud. Turli xil goʻzal oʻsimliklarni sotadigan koʻplab oʻsimliklar bogʻchalari faoliyat yuritadi. Shuningdek, shaharcha har yili gullar koʻrgazmasiga mezbonlik qiladi.

Tarixi

tahrir

Bu Hindistondagi eng qadimiy kantonlardan biri boʻlib, 1848-yilda birinchi Angliya-Sikx urushidan soʻng, inglizlar Shimoliy Hindistonga joylashgan vaqtda tashkil etilgan[1]. Ushbu kantonning asl doirasi tinchlik va tartibni saqlash uchun qoʻshni davlatlar tomonidan tartibsizliklarni bostirish uchun yaratilgan.

1920-yilda kanton Irlandiyada harbiy holatga qarshi norozilik bildirgan irland askarlari tomonidan qoʻzgʻolon markaziga aylandi. Ular Ittifoq bayrogʻini olib tashlashdi va uning oʻrniga Dublinda eʼlon qilingan Irlandiya Respublikasi bayrogʻini ilib qoʻyishdi[2].

 
Kanton Britaniya davridan qolgan binolar bilan bezatilgan

Britaniyaning Hindistondan chiqib ketishi va keyinchalik mamlakatning boʻlinishi kantonning holatini oʻzgartirdi. Pokiston bilan chegaraga yaqinligi tufayli u katta ahamiyatga ega hududga aylandi.

Birliklar joylashtirilgan

tahrir

Jalandhar harbiy gospitali bu yerda Hindiston armiyasi qoʻshinlari va ularning oilalariga sogʻliqni saqlash va taʼlim berish uchun tashkil etilgan. Bu 163-oʻrta artilleriya polki, 169-dala artilleriya polki, 141-havo mudofaasi (SAM) polki, 4-chi Rajputana miltiqlari, 4- bengal sapyorlari bataloni va 2-signal bataloni uchun tinchlik davridagi stansiya va oilaviy stansiya vazifasini oʻtaydigan hudud hisoblanadi. Kantonda yuqoridagi qismlarda xizmat qiluvchi askar va ofitserlarining oilalari istiqomat qiladi. 

Demografiyasi

tahrir

Hindistonning 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Jalandhar kantonmentida 47,845 nafar aholi qayd etilgan[1]. Aholining 59 foizini erkaklar, 41 foizini ayollar tashkil etadi. Jalandhar kantonmentida oʻrtacha savodxonlik darajasi 81% ni tashkil qiladi, bu mamlakatdagi oʻrtacha koʻrsatkich 59,5% dan yuqori: erkaklar savodxonligi 85% va ayollar savodxonligi 75% ga teng. Jalandhar kantonmentida aholining 10% 6 yoshgacha boʻlgan bolalardir[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Jalandhar“. Directorate General Defence Estates.
  2. McNally, Frank. „Blood on the tracks –Frank McNally on the Connaught Rangers Mutiny“. Irish Times (2020-yil 24-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.
  3. „Census of India 2001: Data from the 2001 Census, including cities, villages and towns (Provisional)“. Census Commission of India. 2004-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-noyabr.

Havolalar

tahrir