Jalatorsoy - Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi soy. Qalamjarsoy (Selsoy)ning oʻng irmogʻi. Nurota togʻ tizmasining tarmogʻi — Qorankoʻl togʻlarining jan. yon bagʻridagi buloqlardan boshlanadigan 30ga yaqin mayda irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Jalator qishlogʻi yonida J.ga chapdan uz. 9 km boʻlgan Oydinsoy qoʻshiladi. Quyi oqimda Joʻshsoy ham deyiladi. Uz 21 km, havzasining mayd. 71 km2. Oqmachit qishlogi yonida Kattasoy bilan qoʻshilib, Qalamjarsoyni hosil qiladi. J. asosan mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimining 60—70% fevral—apr.da oqib oʻtadi, boshqa vaktlarda suvi juda kamayib ketadi, baʼzan qurib qoladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 120—150 l/sek.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil