Jale İnan (1914-2001-yillar) Turkiyaning birinchi ayol arxeologi.

Jale İnan
Tavalludi 1914-yil 1-fevral
Istanbul, Turkiya
Vafoti 2001-yil 27-fevral (87 yoshda)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Arxeolog
Ilmiy unvoni Dr. Professor

Jale İnan uzoq yillar davom etgan qazishmalari davomida Perge va Side antik shaharlarini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Topilgan asarlarni namoyish etish uchun Antaliya va Side muzeylari tashkil etilgan. Faoliyati davomida bir qator tarixiy asarlar kontrabandasiga qarshi turli qutqaruv tadbirlarini ham amalga oshirgan.

Uning otasi Turkiyaning birinchi arxeologlaridan biri Aziz Ogan, turmush o‘rtog‘i esa olim Mustafo Inan bo‘lgan.

Hayoti

tahrir

Jale İnan 1914-yilning 1-fevralida Turkiyaning Istanbul shahrida tug‘ilgan. Uning otasi muzey rahbari va arxeolog Aziz Ogan, onasi esa Mesture Hanim bo‘lgan. O‘rta ta’limni Erenköy Qizlar litseyida tamomlagan[1]. Yoshligidan otasining ilmiy sayohatlarida qatnashganligi sababli unda arxeologiyaga qiziqish uyg‘ongan.

Jale İnan Aleksandr fon Gumboldt jamg‘armasining stipendiyasi bilan 1934-yilda arxeologiyani o‘rganish uchun Germaniyaga ketgan. Oradan yillar o‘tib Turkiya hukumati stipendiyasini qo‘lga kiritgan. 1935-1943-yillarda Berlin va Myunxen universitetlarida arxeologiya bo‘yicha bakalavriat va doktoranturani tamomlagan.

1943-yilda doktorlik dissertatsiyasini tamomlab Turkiyaga qaytgan. Jale İnan 1944-yilda o‘rta maktab davrida tanishgan Mustafo Inanga turmushga chiqqan. Oradan bir yil o‘tib ularning yagona farzandi Hüseyin dunyoga kelgan. Jale İnan 1953-yilda dotsent, 1963-yilda professor unvonini olgan. 1974-1980-yillarda Side qazishmalariga, 1975-1987-yillarda Perge qazishmalariga boshchilik qildi. 1991-yilda Sidedagi Apollon ibodatxonasini qazish va restavratsiya qilishda qatnashgan[2]. 1992-1993-yillarda Perge teatri qazishmalarini amalga oshirdi. 1995-yilda Turkiya Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi bo‘lgan. U hayotining so‘ngi yillarini parkinson kasalligi bilan kurashib o‘tkazgan. 2001-yil 27-fevral kuni Istanbulda vafot etgan. Uning jasadi Zincirlikuyu qabristoniga dafn etilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Murat Dirican, Türkiye Arkeolojisinde Bir Hanımefendi: Jale İnan, Bilim ve Teknik Dergisi web sitesi, Erişim tairhi:13.12.2012. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. Prof. Dr. Jale İnan, Türkiye Bilimler Akademisi web sitesi, 24 Ocak 2008“. 17-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. „Nilgün Uysal, Jale İnan’ı Toprağa Verdik, Bianet sitesi, 28.02.2001. 10-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.