Jalil Abdiqodirov
Jalil Abdiqodirov (qirgʻizcha: Жалил Абдыкадыров; 1932-yil, Chiroq, Qirgʻiziston ASSR — 1984-yil, Frunze) — qirgʻiz sovet teatri rejissyori, yozuvchi, dramaturg, tarjimon Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1964-yil), Toʻqtoʻgʻul Satilganov nomidagi Qirgʻiziston SSR Davlat mukofoti laureati (1986-yil).
Jalil Abdiqodirov | |
---|---|
Tugʻilgandagi ismi | qirgʻizcha: Жалил Абдыкадыров |
Tugʻilgan sanasi | 1932-yil |
Tugʻilgan joyi | Chiroq, Jeti-Оguzskiy tumani, Qirg‘iziston АSSR, RSFSR, SSSR |
Vafot sanasi | 1984-yil |
Vafot joyi | Frunze, Qirg‘iziston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | teatr rejissyori, yozuvchi, dramaturg, tarjimon. |
Teatr | Qirgʻiziston SSRning Qirgʻiziston akademik drama teatrida ishlagan |
Qirgʻiziston professional teatr yoʻnalishining asoschilaridan biri.
Biografiyasi
tahrirJalil Abdiqodirov 1946-yilda Prjevalsk shahar Gorkiy nomidagi pedagogika texnikumini, 1954-yilda esa A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining teatr fakultetini tamomlagan.
Abdiqodirov:
1954—1960-yillarda Qosimala Jontoʻshev nomidagi Issiqkoʻl viloyat musiqali drama teatri rahbari, 1960—1961-yillarda Qirgʻiziston drama teatri direktori, 1961—1973-yillarda Respublika akademik drama teatri bosh rejissyori, 1973—1977-yillarda Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining Sovet adabiyoti boʻlimi bosh muharriri, 1977—1980-yillarda — Norin musiqali drama teatri direktori lavozimlarida ishlagan.
1980-yilda — Respublika davlat sanʼat instituti professori unvonini olgan.
1982-yilda Akademik drama teatri direktori, 1983—1984-yillarda Qirgʻiziston SSRning Qirgʻiziston akademik drama teatri direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Faoliyati
tahrirJalil Abdiqodirov iqtidorli teatr rejissyori boʻlib, bir qator spektakllarni sahnalashtirgan, shu bilan birga, xorijdagi 80 dan ortiq boshqa teatrlarda qoʻyilgan spektakllarni ham sahnalashtirishga oʻz hissasini qoʻshgan. Qirgʻiziston akademik drama teatri va respublikaning boshqa drama teatrlari bosh rejissyori sifatida 80 dan ortiq spektakldan iborat yirik asarlarni sahnalashtirgan va bu asarlar Qirgʻiziston shuningdek, Moskva sahnalarida ham tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilgan.
J.Abdiqodirov Qirgʻiziston davlat Qizil Bayroq ordenli akademik drama teatri jamoasi bilan 1964-yilda Moskvada oʻtkazilgan qirgʻiz sanʼati va adabiyoti dekadasida qatnashgan. Oʻsha yillardagi Moskva matbuoti tomonidan rejissyor Jalil Abdiqodirov qirgʻiz teatr sanʼati va butun qirgʻiz xalqi uchun „oltin topilma“ sifatida eʼtirof etilgan.
Tanlangan asarlari:
tahrir- „Qurmanbek“ Q. Jantoshev (1960-yil);
- „Ota taqdiri“ B.Jaqiyev (1960-yil);
- „Oshpaz“ A.Safronov (1962-yil);
- „Qirol Lir“ V.Shekspir (1965-yil);
- „Bahor sevgisi“ K.Trenev (1965-yil);
- „Palata“ S.Alyoshin (1966-yil);
- „Oh, bu qizlar“, Bayseyitov va Shangitboyev (1967-yil);
- Ch.Aytmatovning „Jamila“, „Birinchi muallim“ (1962-yil), „Yuzma-yuz“ (1967-yil) asarlari;
- „Tongdagi sevgi“ Y.Galan;
- „Unutilgan odam“ Nozim Hikmet (1968-yil);
- „Vassa Jeleznova“ Maksim Gorkiy (1969-yil);
- „Oʻlmaslik donasi“ A.Toʻqoʻmboyev (1970-yil);
- „Boʻz ot“ Sh.Sadibaqasov (1972-yil);
- „Otabekning qizi“ (1963-yil), „Buro davom etadi“ (1966-yil), „Ashirboy“ (1980-yil) T. Abdumoʻminova;
- „Oljobay va Kishimjon“ J.Abdiqodirov (1980-yil);
- „Manas oʻgʻli Semetey“ J.Sodiqov (1982-yil);
- „Ashirboy“ T.Abdumomunov;
- S.Ahmadning „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984-yil) va boshqa qator spektakllari qirgʻiz teatr sanʼatining oltin fondiga kiritilgan.
Jalil Abdiqodirov oʻtmish va hozirgi zamon klassik va buyuk ijodkorlarining bir qator asarlarini, teatrlashtirilgan spektakl va qoʻshiqlarni qirgʻiz tiliga tarjima qilgan.
Yozuvchi va dramaturg, bir nechta kitoblar, sheʼrlar, hikoya va maqollar muallifi.
Isteʼdodli teatr rejissyori, bir necha avlod aktyorlarining ustozi J.Abdiqodirov nafaqat oʻziga xos badiiy did, yuksak professional madaniyatga ega isteʼdodli rejissyor, nazariyotchi va oʻqituvchi, balki qirgʻiz professional sanʼatining asoschilaridan biriga aylangan. Yetuk olim va jamoat arbobi Jalil Abdiqodirov Qirgʻiz drama teatri taraqqiyotida yangi bosqichni belgilab bergan teatr rejissyori sifatida tarixga muhrlangan.
Xotira
tahrir- Bishkekning markaziy koʻchalaridan biriga Jalil Abdiqodirov nomi berilgan.
Adabiyotlar
tahrir- „Manas“ ensiklopediyalari / Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru. — Bishkek: Qirgʻiz ensiklopediyasining Boshki nashrlari, 1995. — 1-jild. — 440. ISBN-5-89750-013-4 (qirgʻiz. )
Havolalar
tahrir- Zhalil Abdyqadirov (Wayback Machine saytida 2016-09-10 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya