Jalil Sayfi
Jalil Sayfi (taxallusi; asl ismisharifi Jalilov Jalil) (1932.20.6, Samarqand 2003.11.2, Toshkent) — kompozitor, sozanda, dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1967). Oʻzbekdavlat filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestri sozandasi va dirijyor (1950—66), "Shodlik" ansambli badiiy rahbari (1970—71), konservatoriyada oʻqituvchi (1967 yildan), professor (1990 yildan), kafedra mudiri (1992— 98). Ijodini lirik qushik/tr ("Kel, ertaroq", "Ona yurtim" va boshqalar), romanslar ("Ayt", "Kechalar yulduz sanab" va boshqalar), kamercholgʻu va orkestr pyesalar, syuita va kvartetlardan boshlagan. Keyinchalik, simfonik orkestr uchun yaratgan "Toshkent manzaralari" (1966), "Qalam qoshligim" (1967) musiqali komediyasi, "Navoiy Astrobodda" (1967, Yu. Rajabiy bilan) musiqali dramasi va, ayniqsa, tanbur va oʻzbek cholgʻu asboblari orkestri uchun "Qalbimda" poemasida oʻzbek anʼanaviy bastakorlik uslubini yevropacha kompozitorlik ijodiyoti tamoyillari bilan uzviy uygʻunlashtirishga erishgan. Skripka va orkestr uchun 2 konsert (1974, 1995), Oʻzbekistonda birinchi violonchel va orkestr uchun konsert (1975), 2 ta simfoniya (1978, 1983), "Zebunniso" (1986) va "Malikai ayyor" (1987) operalari, "Sharq freskalari" (1988) baleti muallifi. "Laqma", "Toʻlanoy", "Yulduzlar jamoli", "Shayton muridlari", "Kampir ketarmish" kabi asarlari bilan oʻzbek musiqali komediyasi va dramasi rivojiga katta hissa qoʻshgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1979).[1]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |