Jalandhar tumani

(Jallandardan yoʻnaltirildi)

Jalandhar, Jallandar — Hindistonning shim.-gʻarbidagi shahar. Panjob shtatida. Bias va Satlaj daryolari oraligʻida, Kichik Osiyo ya. o. va Markaziy Osiyodan Hindistonga boriladigan muhim qadimiy karvon yoʻlida vujudga kelgan. Aholisi 520 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Shtatning yirik savdo markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, metallsozlik, koʻnchilik korxonalari bor. Sport buyumlari, oʻyinchoqlar va badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqariladi.

Abduhafiz Jalilov. Kalontarov uyining shifti (Samarqand. sh.).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil