Jam (arab. — majmua) — oʻtmish Sharq musiqa ilmida jinslar majmuasidan hosil boʻladigan murakkab lad (parda) tuzilmalarining umumiy nomi. J.larning muayyan turlari maqom, shoʻʼba, vvoza, murakkabotlar deb yuritiladi. J.lar jinslar tarkibi va oʻrniga koʻra turli xillarga ajratiladi. Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Safiuddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abduqodir Marogʻiy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Darvishali Changiyning musiqiy risolalarida J.larning tarkibiy va badiiy xususiyatlari xaqida maʼlumot berilgan. J.lar Oʻn ikki maqom tizimini oʻrganishda hamda Shashmaqom lad asoslarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. J.lar orasida hozir oʻzbek va tojik musiqasining asosi hisoblangan Shashmaqom shoʻʼbalaridagi lad tuzilmalariga moye keladiganlari ham mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil