Jamaal Lascelles (talaffuzi: Jamol Lascelles; 1993-yil 11-noyabrda Angliyada tugʻilgan) — „Newcastle United“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Angliya yoshlar jamoasida ham oʻynagan.

Jamaal Lascelles
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamaal Lascelles
Tavallud sanasi 11-noyabr 1993-yil (1993-11-11) (30 yosh)
Tavallud joyi Derby, Angliya
Boʻyi 1.88
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2011 Nottingham Forest
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Nottingham Forest 32 (2)
2012Stevenage (ijara) 7 (1)
2014— Newcastle United 199 (12)
2014—2015Nottingham Forest (ijara) 26 (1)
Milliy terma jamoa
2011 Angliya U18 1 (0)
2011—2012 Angliya U19 8 (0)
2013 Angliya U20 1 (0)
2014 Angliya U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-oktyabr uchun)

Biografiyasi tahrir

Jamaal Lascellesning otasi basketbolchi boʻlgan va Buyuk Britaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan basketbol jamoasini boshqargan[1]. Jamaal Lascellesning akasi ham basketbolchi va Buyuk Britaniya terma jamoasida oʻynagan. Jamaalning Jalen ismli ukasi ham bor[2]. Jamaal Lascelles ham yoshlar klublarida basketbol oʻynagan, ammo keyinchalik futbolga qiziqishi ortib borgan[3].

Klublardagi faoliyati tahrir

Jamaal Lascelles „Nottingham Forest“ futbol klubi bitiruvchisi. 2011-yil boshida, u professional darajada debyut qilmasdanoq, Angliyaning yetakchi klublari Jamaalga qiziqish bildirishgan[4]. Londonning „Arsenal“ futbol klubi 17 yoshli Jamaal uchun 5 million funt taklif qilgan, „Liverpool“, „Tottenhem“ va „Manchester City“ futbol klublari ham uni sotib olish taklifini bergan. Biroq, „Nottingham Forest“ futbol klubi barcha takliflarni rad etgan va 2011-yil mart oyida Jamaal Lascelles bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan[3].

Jamaal Lascelles „Nottingham Forest“ futbol klubi safidagi debyutini 2012-yilning 31-yanvarida amalga oshirgan. U „Burnley“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yil 29-mart kuni Jamaal Lascelles 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Umuman olganda, u 2011—2012- yillarda ushbu jamoada 8 ta oʻyin oʻtkazgan. 2011-yilning 12-aprelida Jamaal Lascelles Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻzining yagona uchrashuvini Italiyadan kelgan tengdoshlari bilan oʻtkazgan. 2013-yilda Jamaal Lascelles murabbiy Peter Taylor tomonidan Angliya terma jamoasining yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati tarkibiga kiritilgan[6]. U guruh bosqichining birinchi oʻyinini Iroq termasiga qarshi toʻliq oʻtkazgan, qolgan ikkitasini zaxirada oʻtkazgan.

Futbolchining debyuti Yevropa chempionati saralash turniri doirasida Moldova terma jamoasiga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan. Jamaal Lascelles asosiy tarkibda maydonga tushgan va butun oʻyinni maydonda oʻtkazgan. 2014-yilning 17-noyabr kuni Fransiya yoshlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ham qatnashib, butun uchrashuvda to‘liq ishtirok etgan.




Statistika tahrir

Jamoa   Mamlakat Mavsum
Nottingham Forest F. C.   Angliya 2011—2014
Stevenage F. C. (ijara)   Angliya 2012
Newcastle United F. C.   Angliya 2014
Nottingham Forest F. C. (ijara)   Angliya 2014—2015
Newcastle United F. C.   Angliya 2015

Manbalar tahrir

  1. „Factfile: Jamaal Lascelles“ (en). Newcastle United (2014-yil 9-avgust). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  2. „Rema Lascelles - 2013-2014 Men's Basketball“ (en). Hawai'i Pacific University Sharks. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Forest tie up rising young defender Jamaal Lascelles“ (en). Nottingham Post (2011-yil 30-mart). 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  4. „Nottingham Forest rejected a £5m bid for rookie defender Lascelles in January“ (en). Nottingham Post (2011-yil 21-aprel). 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  5. „Burnley's Jay Rodriguez headed a goal in each half to send Nottingham Forest to a sixth straight defeat.“ (en). BBC Sport (2012-yil 31-yanvar). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  6. „Jamaal Lascelles“ (en). TheFA.com. 2014-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyun.