Jambul Jabayev

(Jambuldan yoʻnaltirildi)

Jambul, Jabayev Jambul [1846. 16(28).2, Yettisuv viloyati — 1945.22.6, Olmaota] — qozoqxalq shoiri va oqini. 15 yoshidan oʻlan ayta boshlagan. Oʻlan aytish sirlarini Suyumboy oqindan oʻrgangan. "Manas" eposi, "Goʻroʻgʻli" hamda oʻzi yaratgan "Oʻtagan botir", "Suranchi botir" kabi dostonlarni, shuningdek, "Ming bir kecha", "Shohnoma" asarlarini qozoq xalqi orasida aytib yurgan. Qozogʻistonning yirik oqinlari — Qulmambet, Sagʻimbek, Sarbas, Doʻstmagʻambet, Shoshuboylar bilan aytishuvda gʻolib chiqqan. Uning "Shikoyat", "Janis oqinga", "Quvgʻin", "Kambagʻalning ulushi", "Vasiyat", "Xon va oqin", "Oʻgʻlimga xat", "Oʻgʻlimning oʻlimi", "Otamga" va b. asarlarida qozoq xalqining oʻtmishi va zamonaviy hayoti, turkiy xalklar doʻstligi va birodarligi tasvirlangan. J.ga M. Shayxzoda "Jambul", Uygʻun "Oʻlan", Q. Muhammadiy "Doʻmbira" sheʼrlarini bagʻishlaganlar. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Jambul ulanlari", 1946). Qozogʻistondagi viloyat uning nomi bilan ataladi.

Manbalar

tahrir
  • Tandamali, 2 tomdnq, Almaati, 1996.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil