Jeyms Maykl Jastin -(1998-yil 23-fevralda tugʻilgan, Luton) — ingliz futbolchisi, Angliya Premer-ligasining „Leicester City“ klubida himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Jeyms Jastin Futbol
Umumiy ma'lumotlar
To`liq ism sharifi

Jeyms Maykl Jastin

Tug`ilgan

23-fevral 1998-yil(1998-02-23) (24 yosh)

Luton, Angliya

Fuqarolik

Flag Anglii Angliya

Bo`yi

183 cm

Pozitsiyasi

Himoyachi

Klub haqida ma'lumotlar
Klub

Flag Anglii Leicester City

Raqami

2

Yoshlar klublari
2005—2015-yillar Flag Anglii Luton Taun
Jamoalardagi faoliyati
2015—2019-yillar Flag Anglii Luton Taun 92 (6)
2019—yil Flag Anglii Leicester City 49 (2)
Natsionalnaya sbornaya
2017-yil Flag Anglii Angliya (20 yosh) 2 (0)
2019—2020-yillar Flag Anglii Angliya (21 yosh) 8 (1)
2022—yil Flag Anglii Angliya 1 (0)
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Bedfordshirning Luton shahrida dunyoga kelgan Jastin 2005-yilda „Luton Town“ futbol akademiyasiga oʻqishga kirgan. U 2016-yilning 7-mayida 2015-2016-yilgi mavsumning 2-ligasining oxirgi turida „Exeter City“ga qarshi o‘yinda „Xatterlar“ safida debyut qildi[1]. 2016-2017-yilgi mavsumda u „Luton“ning asosiy jamoasi futbolchisiga aylandi. Mavsum yakunida u „Luton Town“ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi[2]. 2018-2019-yilgi mavsum yakunida u jamoasiga Liga gʻalaba qozonishda yordam berdi, shu bilan birga chempionatda 43 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi.

2019-yilning 28-iyunida u Premer-liganing „Leicester City“ klubiga o‘tdi va ular bilan besh yillik shartnoma imzoladi[3]. 2019-yil 24-sentyabrda Jastin Angliya futbol ligasi kubogining uchinchi bosqichida „Luton Town“ga qarshi o‘yinda „Leicester City“ safidagi debyutida gol urdi[4]. U Premer-ligadagi debyutini 2019-yilning 4-dekabrida oʻtkazdi hamda „Uotford“ga qarshi oʻyinda Xarvi Barns oʻrniga maydonga tushdi[5].

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Angliyaning 20 va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalari uchun turnirida qatnashgan.

2022-yil 4-iyun kuni Vengriyaga qarshi o‘yinda Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

2017-yilning 1-iyunida Jastin 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2017-yilgi Yevropa chempionati oldidan Ispaniyada o'tkaziladigan turnir uchun Angliyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga chaqirildi. Biroq 18 kishilik yakuniy tarkibga kirmagan. Jastin 2017-yilning 24-avgustida Gollandiya va Shveytsariyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini uchun Angliyaning 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi. U bir haftadan so'ng Gollandiya ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonib, 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Jastin to'liq debyutini Shveytsariyaga qarshi o'yindan to'rt kun o'tib, 62-daqiqada almashtirilishidan so'ng o'tkazdi, o'yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Jastin 2019-yilning 30-avgustida Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasiga ilk bor 2021-yilgi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya va Kosovoga qarshi ikkita o‘yinga chaqirildi. U 9-sentabr kuni Kosovo ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan jarohatlangan Maks Aaronsning o'rniga 80-daqiqada o'yinda debyut qildi.

Yutuqlari tahrir

„Luton Town“

  • Birinchi liga chempioni: 2018-2019-yillar

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • „Luton Town“ mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2016-2017-yillar, 2018-2019-yillar
  • EFL oyining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018-yil noyabr[7]
  • Liga 1da Yilning PFA jamoasi aʼzosi: 2018-2019-yillar[8]

Manbalar tahrir

  1. „Luton Town 4-1 Exeter City“ (en) (2016-yil 7-may). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  2. Mike Simmonds. „Hylton cleans up at Town's end of season awards“ (en). Luton Today (2017-94-24). 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  3. „James Justin: Leicester's Brendan Rodgers makes Luton full-back his first signing“ (en) (2019-yil 28-iyun). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  4. „Luton Town 0-4 Leicester City: Demarai Gray & James Justin goals ease Foxes into fourth round“ (en) (2019-yil 24-sentyabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  5. „Leicester 2-0 Watford: Jamie Vardy and James Maddison on target“ (en) (2019-yil 4-dekabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  6. „Hungary vs. England“ (en). Soccerway.com (2022-yil 4-iyun). 2022-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  7. „James Justin: Luton Town defender wins EFL Young Player of the Month award“ (en) (2018-yil 20-dekabr). 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  8. „League One: Barnsley dominate PFA selection of team of 2018–19“ (en) (2019-yil 24-aprel). 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.