Jamil
Hayoti
tahrirUzra qabilasidan chiqqan Jamil (vafoti 701 yil) mashhur badaviy liriklardan biri hisoblanadi. Uning Buseynaga boʻlgan fojiali muhabbati haqidagi afsona o'rta asrlarda juda mashhur boʻlgan. Rivoyatlarga ko'ra, shoir o'z mahbubasiga ko'plab qasidalar bag'ishlagan, ammo unga sovchi qo'yishga uringanida, Buseynaning qarindoshlari uni qattiq g'azab bilan rad etganlar (badaviylarda o'z qabilasidan boʻlgan qizga she'r bag'ishlash va ayniqsa shunday uyatli qilmishdan keyin unga sovchi yuborish sharmandalik hisoblangan). Buseynani boshqa kimsaga turmushga beradilar, ammo Jamil mahbubasi bilan ko'rishishda davom etadi, bu bilan Buseyna erining qabiladoshlarini g'azablantiradi. Ularning taqibi tufayli shoir Yamanga, so'ngra Misrga qochishga majbur bo'ladi.
Ijodi
tahrirJamil o'zining g'azallari bilan shuhrat qozongan, holbuki uning asarlari ichida an'anaviy badaviy madhiya va hajviyalar ham boʻlgan. Jamilning g'azallari Buseynaga bag'ishlangan. Ularda shoir eng alangali ifodalar orqali o'zining ehtirosli va sadoqatli muhabbati, mahbubasi uchun barcha to'siqlarni yengishga va hatto hayotini qurbon qilishga tayyorligi haqida so'z yuritadi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |