Jamila Shermuhamedova

oʻzbekistonlik olima, falsafa fanlari doktori, professor

Jamila Toshpoʻlatovna Shermuhamedova (1950-yil 18-iyun, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, falsafa fanlari doktori (2004), professor (2004).

Jamila Toshpoʻlatovna Shermuhamedova
Tavalludi 18-iyun 1950-yil (1950-06-18) (73 yosh)
Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi falsafa
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi falsafa fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi tahrir

Jamila Shermuhamedova 1950-yil 18-iyun Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani ziyolilar oilasida tugʻilgan[1][2]. 1966—1971-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetida tahsil olgan. 1972—1973-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, 1973—1976-yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranti, 1977—1989-yillarda tarix fakulteti falsafa boʻlimining siyosiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi, 1989—2004-yillarda dotsent, 2004—2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti professori, 2000—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi huquqshunos ayollar jamoat birlashmasining ijrochi direktori, 2000—2015-yillarda Toshkent shahar Ishbilarmon va tadbirkor ayollar jamoat birlashmasi maslahatchisi, 2005—2011-yillarda Oliy Majlis qoshidagi demokratik institutlar qoʻmitasi eksperti, 2011—2017-yillarda „Hayot I.R.J.O.“ xususiy korxonasi direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan[3]. 2017-yildan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimi. Shuningdek, Tadbirkor ayollar uyushmasi aʼzosi va maslahatchisi (1991-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi ishbilarmon ayollar uyushmasi faxriy maslahatchisi (1995-yildan)[3].

Mukofotlari tahrir

  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
  • „Mehnat shuhrati“ ordeni (2018)[4][5];
  • „Mudofaa vazirligi faxriysi“ koʻkrak nishoni (2020);
  • „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishoni (2021)[6];
  • „Maʼnaviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021)[7];
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil“ esdalik nishoni (2021);
  • „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishoni (2022)[3];
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2022);
  • „Yilning eng yaxshi maʼnaviyat targ'ibotchisi“ nominatsiyasi gʻolibi (2023)[8][9];
  • „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni[10].

Manbalar tahrir

  1. „Mehrning goʻzal tarbiyasi“.
  2. „Жамила Шермуҳаммедовага табрик“.
  3. 3,0 3,1 3,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  4. „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (2018-yil 30-avgust). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  5. „Ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳи мукофотланди (рўйхат)“ (2018-yil 30-avgust).
  6. „“Халқлар дўстлиги” кўкрак нишонига сазовор бўлган давлат органлари, жамоат бирлашмалари, оммавий ахборот воситалари, диний конфессиялар вакиллари ҳамда хорижий фуқаролар рўйхати“ (2021-yil 9-avgust).
  7. „Бир гуруҳ юртдошларимиз “Маънавият фидойиси” кўкрак нишони билан тақдирланди“ (2021-yil 18-noyabr).
  8. „“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tdi“ (2023-yil 29-yanvar).
  9. „Состоялась церемония вручения Национальной премии в области культуры и искусства «Звезды Нового Узбекистана»“ (2023-yil 30-yanvar).
  10. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2023-yil 27-avgust).

Andoza:OʻTOE