Jamshid Shoshiy koʻchasi (Toshkent)

Jamshid Shoshiy koʻchasi — Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Avloniy mahallasida joylashgan. Uzunligi 1 km. Shohjahon va Botir Boboev koʻchalari oraligʻida. 1940-yilning 2-yarmida tashkil topgan. 1990-yil 28-iyunda Xlopkovaya koʻchasi oʻrniga toshkentlik olim va xattot Jamshid Shoshiy nomi berilgan[1].

Jamshid Shoshiy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Uzunligi 1 km
Avvalgi nomlari Xlopkovaya koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Jamshid Shoshiy

Kesishgan koʻchalar tahrir

Abdulla Avloniy, Rakat va Belariq koʻchalarini kesib oʻtadi. Tarkibida 2 tor koʻcha bor. Koʻcha yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari joylashgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.