Jang Ye-eun (koreyscha: 장예은; 1998-yil 10-avgustda tugʻilgan), Yeeun nomi bilan tanilgan, Superbell kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va reper. U Janubiy Koreyadagi CLC qizlar guruhining bosh reperi sifatida tanilgan[1]. U Lee Jeno bilan 2018-yilning mayidan 2019-yilning noyabrigacha SBS MTV telekanalining The Show koʻrsatuvida eng uzoq faoliyat yuritgan boshlovchi boʻlgan.

Jang Ye-eun
Tavalludi 10-avgust 1998-yil (1998-08-10) (25 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • reper

Yoshligi va faoliyati tahrir

Yeeun Janubiy Koreyaning Dongducheon shahrida tugʻilib oʻsgan[2]. Uning katta opasi bor. U Dongbo boshlangʻich maktabi, Dongducheon qizlar oʻrta maktabi va Seul sahna sanʼati maktabida tahsil olgan. U 2017-yilning fevral oyida Sanʼat makatabidagi taʼlimini tugatgan[3].

2014-yilda Yeeun qoʻshiqchi G.NAning „G.NA 's Secret“ va BtoBning „Beep Beep“ kliplarida suratga tushgan. Yeeun, shuningdek, Cube Entertainment stajyorlari bilan „G.NAʼs Secret“ tadbirlarida yordamchi raqqosa sifatida ishtirok etgan[4].

Yeeun 2015-yilda CLC qizlar guruhining asosiy reperi sifatida maʼlum boʻlgan[5]. Guruh rasman 2015-yil 19-martda oʻzining First Love mini-albomii va „Pepe“ singli bilan debyut qilgan[6][7].

2020-yilning may oyida Yeeun Mnet telekanalining Good Girl musiqiy realiti-shousida aktyorlari tarkibiga qoʻshilgan[8][9]. Yeeun Good Girl saundtrekining bir qismi sifatida 3 ta qoʻshiqda ishtirok etgan. U Kard guruhi aʼzosi Hyo-yeon, Cheetah, Jamie va Jiwoo bilan birga „Witch“ qoʻshigʻini ijro etgan va „Barbie“ hamda „Mermaid“ qoʻshigʻini yolgʻiz ijro etgan. Keyinchalik u M Countdow dasturining 672-epizodni reklama qilgan[10].

2020-yil iyun oyida kompaniya Yeeun aktyorlik debyutini oʻzining hamkasblari Seung-heei va Jang Seung Yon bilan Tastes of Horror qisqa metrajli film seriyasida oʻtkazishini eʼlon qilgan[11]. Qisqa metrajli film premyerasi 2022-yilda Bucheon xalqaro fantastik filmlar festivalida boʻlib oʻtgan.

Diskografiyasi tahrir

Nom Yil Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalari Albom
KOR Gaon

US World

"Barbie" 2020 Good Girl Episode 3
"Mermaid" (목소리) Good Girl FINAL
"Mermaid" 2018 ONE
"Witch" (마녀사냥) 2020 Good Girl Episode 3
"Really Bad Guy" (오빠나빠요) 2019 My Fellow Citizens! OST

Manbalar tahrir

  1. „Cube Entertainment Yeeun Member Profile“. Cube Entertainment. 6-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2020-yil.
  2. Shin. „[M+사소한인터뷰-CLC 편⑦ 장예은 "가수 안됐으면? 승무원 했을 것"“] (ko). MBN. 28-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  3. „Yonhap News Agency“ (en). 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2020-yil.
  4. Kang. „'엠카' 컴백 지나, 섹시+청순 품고 돌아왔다..'이중매력'“ (ko). OSEN (2014-yil 15-may). 3-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  5. „CLC Official Facebook Member Profile YEEUN“ (2020-yil 20-iyul). 24-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  6. Hong. „씨엘씨, 데뷔무대 성공적으로 마쳐 '기대되는 소녀들'“. TenAsia (19-mart 2015-yil). 26-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  7. Lee. „큐브 걸그룹 씨엘씨, 19일 정오 '페페' 음원 전격 공개 …'엠카운트다운' 출연“. TenAsia (19-mart 2015-yil). 26-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  8. „Music show 'Good Girl' assembles 10 'bad girl' musicians to compete for reward money“. The Korea Times (14-may 2020-yil). 10-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  9. Lee. „'굿걸' 제이미 "활동명 바꾼 뒤 첫 방송, 자연스러움 보여줄 것"“ (ko). Star Today. 18-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  10. Kim. „CLC 장예은, 오늘(2일) '엠카'서 'Barbie' 스페셜 무대 공개!“ (ko). Hankook Ilbo (2020-yil 2-iyul). 24-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  11. Park. „CLC 오승희 장예은 장승연 '테이스츠 오브 호러' 출연, 첫 스크린 출격“ (ko). Newsen. 28-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.

Havolalar tahrir