Jang-gu (koreyscha-장구)- koreys milliy musiqasini oʻzida eks ettirib beradigan, zarb bilan chalinadigan cholgʻu asbobi. Koʻrinishi qumsoat shaklida boʻlib, yuqori va pastki qismi hayvon terisi bilan qoplanadi. Asbobning ikki tomoni turli xil balandlik va tebmrdagi ovozlarni chiqarib beradi. Janggu koreys milliy musiqasi boʻlgan samulnorini ijro etishda ishlatiladigan toʻrt asbobning biri hisoblanadi.

Janggu

Tarixi

tahrir

Asbobning eng qadimgi tasvirlari Silla qirolligi davridagi qoʻngʻiroq va shu bilan bir xil davragi Koguryo qirolligining devoriy suratlarida qoldirilgan. Qumsoat koʻrinishidagi janggu haqidagi eng qadimiy yozma manba davriga tegishli. Koryo tarixi qoʻlyozmalarida 20 ta janggu 1114-yil Gaeseongda Song sulolasi uchun atalgan ziyofatda ishlatilganligi qayd etilgan. Jangguning tashqi koʻrinishi haqidagi dastlabki maʼlumotlar ham mana shu maʼnbada qayd etilgan.

Tayyorlanishi

tahrir

Janggu cholgʻu asbobi tayyrolashda Pavlovniya daraxti, hayvon terisi va bambokdan foydalaniladi. Asbobning yetarlicha akustik tovush chiqishi uchun 30 yillik pavloniya daraxti tanasidan foydalaniladi.Asbobning ikki tomoni uchun 2 xil teridan ishlatiladi. Sigir terisi past temberdagi tovush va it terisi esa baland tembrdagi tovush chiqarish uchun foydalaniladi.Janggu chalishda ishlatiladigan tayoqlar ikki xil koʻrinishda bambookdan tayyorlanadi[1].


Manbalar

tahrir

[1]

  1. „Janggu:in tha past and present“. Korean Times. Qaraldi: 16-may 2024-yil.