Janglish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi qurib qolgan koʻl

Janglish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi qurib qolgan koʻl. Orol dengizining janglishdagi Oqqalʼa ovuli yonida. Suvga toʻlgan paytlarida mayd. 2,24 km2 boʻlgan. Sayoz, koʻp joylarida qamish va qoʻgʻa oʻsgan. Janglishga Amudaryo tarmoqlaridan toshgan suvlar va sizot suvlari quyilgan. Kichik oʻzanlar orqali Amudaryo va Dumaloqkoʻl bilan tutashib turgan. Janglishda ondatra urchitilgan va ovlangan, har xil baliq va suv parrandalari yashagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil