Jangovar trevoga - qoʻshinlarni qisqa muddatda jangovar holatga keltirish. J. t. katta boshliq koʻrsatmasiga binoan ogʻzaki, aloqa vositalari, belgilangan shartli signallar yordamida va buyruq berish yoʻli bilan eʼlon qilinadi. J. t. umumiy va qisman boʻlishi mumkin: agar maʼlum garnizonning barcha qoʻshinlarini jangovar shaylik holatiga keltirsa — umumiy, ayrim boʻlinmalargagina taalluqli boʻlsa — qisman deyiladi. J. t. signali berilishi bilan qoʻshin juda qisqa muddatda yigʻilib, jangovar (oʻt ochish, start olish) holatini egallaydi. J. t. boʻyicha qoʻshinlarga xabar berish, ularni toʻplash va jangovar harakat boshlash, odatda, yashirincha amalga oshiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil