Janubiy Osetiya (osetin: Хуссар Ирыстон, Xussar Iriston ; gruzincha: სამხრეთი ოსეთი, Samxreti Oseti'; ruscha: Южная Осетия, Yujnaya Osetiya) Kavkaz janubidagi bir mintaqadir. Sobiq Janubiy Osetiya Avtonom Oblasti (Gurjiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida). Mintaqaning bir qismi Gurjistondan 1990-yillar boshida mustaqillik eʼlon qilib, oʻzini Janubiy Osetiya Respublikasi, deya ataydi. Poytaxti — Tsxinvali.

Janubiy Osetiya Yevropa xaritasida.
Janubiy va Shimoliy Osetiyalar xaritasi.

Januy Osetiya mustaqilligi uni Gurjistonning bir qismi sifatida koʻruvchi BMT aʼzolari tomonidan tan olinmagan. Gurjiston mintaqaning sharqiy va janubiy qismi ustidan nazoratni saqlab qoldi va 2007-yilning aprel oyida u yerda etnik osetinlar tomonidan boshqariluvchi Janubiy Osetiya Muvaqqat Maʼmuriyatini[1][2][3][4] tuzdi. Bu tashkilot rahbari Dmitriy Sanakoevdir va u Gurjiston bilan Janubiy Osetiya statusi haqida muzokaralar olib borishi koʻzlangan.[5]

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash