Janubiy sandvich orollari - Atlantika okeanining janubiy qismidagi vulkan orollari, Antarktikada. 8 ta yirik va bir necha mayda orol va qoyalardan iborat. Mayd. 300 km2. Yer yuzasi togʻlik (bal. 1372 m gacha), vulkan jinslaridan tuzilgan (bazalt, tuf va b.), qor va muz bilan koplangan. Soʻnmagan vulkanlar bor. Har xil qush, tyulen koʻp. Qirgʻoq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi. Doimiy aholisi yoʻq. 1775 yil ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ekspeditsiyasi kashf qilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil