Janubiy xitoy platformasi — tokembriy davri platformasi, Yanszi daryosining kuyi oqimi havzasida joylashgan. Platformadagi anteklizalarda paleozoy yotqiziqlarining gʻilofi saqlangan. Mezozoy erasida kuchli tektonomagmatik faollashish boʻlgan. J. X. p. Xitoy-Koreya platformasidan Sinlin togʻining burmalangan mintaqasi orqali ajralgan. J. X. p.ning tokembriy kristalli zamini (gneyslar, metamorfik slanetslar) Yanszi daryosining jan.dagi Xunan va Szyansi provinitsiyalarida yer yuzasiga chiqib qolgan. J. X. p.ning koʻp qismi kechki proterozoy (siniy yotqiziqlari), paleozoy va trias (dengiz yotqiziqlari: ohaktoshlar, qumtosh, gilli va karbonatli qatlamlar), shuningdek, perm, yura, boʻr davri kontinental koʻmirli yotqiziqlardan iborat choʻkindilar gʻilofidan tashkil topgan. J. X. p. boʻr davrida shiddatli deformatsiyalangan. Platformaning sharqiy qismidagi granitlarda volfram, qalay, surma, simob va b. konlar, uning choʻkindi gʻilofida esa boksit, temir, marganets, toshkoʻmir, yonuvchi slanets, neft va tuz konlari mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil