Jasminum officinale
Jasminium officinale yoki oddiygina yasemin sifatida tanilgan zaytundoshlar oilasiga gullaydigan oʻsimlik turi. Uning vatani Kavkaz va Osiyoning baʼzi qismlari.
Jasminum officinale | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
O‘simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Asterids | |
Lamiales | |
Zaytundoshlar | |
Jasminum | |
J. officinale
| |
Binar nomi | |
Jasminum officinale |
U yozgi yasemin, shoir yasemini, oq yasemin, haqiqiy yasemin yoki jessamin nomi bilan ham tanilgan. Yozda gullaridan tarqaladigan kuchli hidi uchun moʻtadil dunyoda bogʻbonlar tomonidan juda qadrlanadi. Bu o‘simlik Pokistonning milliy gulidir.
-
Jasminum officinale
-
Jasminum officionale
-
Jasminum officinale
Tavsif
tahrirJasminum officinale — barglari o‘tkir uchli, gullari yozda ochiladi yulduz shaklida, rangi oq[1]. Bir novdada 5 tadan 9 tagacha barg qarama-qarshi joylashadi[2].
Etimologiya
tahrirLotincha binar nomi officinale „foydali“ degan maʼnoni anglatadi[3].
Tarqalish
tahrirU tabiiy holatda Kavkaz, Shimoliy Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Himoloy, Tojikiston, Hindiston, Nepal va Gʻarbiy Xitoyda (Guychjou, Sichuan, Xizang (Tibet), Yunnan) o‘sadi. Bu tur koʻp joylarda ham keng tarqalgan boʻlib, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Ruminiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Serbiya, Jazoir, Florida va Gʻarbiy Hindistonda tabiiylashtirilgan[1].
Kimyoviy tarkibi
tahrirUning tarkibida alkaloidlar, kumarinlar, flavonoidlar, taninlar, terpenoidlar, glikozidlar, emodin, leykoantsiyaninlar, steroidlar, antosiyaninlar, flobatininlar, efir moylari va saponinlar mavjud[4].
Turlari
tahrirBogʻda foydalanish uchun koʻplab navlar ishlab chiqilgan. Barglari krem-oq rangga ega boʻlgan Argenteovariegatum[5] navi Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining Bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻlgan[6].
-
Jasminum officionale
-
Jasminum officinale
-
Jasminum officinale
Aromaterapiya va oʻsimlik tibbiyoti
tahrirJasminum officinale efir moyi aromaterapiyada qoʻllanadi. Yasemin mutlaq „moylar qiroli“ sifatida tanilgan, uning ogʻir, shirin hidi koʻpchilikka juda yoqadi. Gullar oʻzlarining xushboʻy hidini oqshom paytida chiqaradilar, shuning uchun gullar tunda teriladi va erituvchi ekstraktsiyasi orqali ozgina miqdorda moy olinadi. Bu uda qimmat moy, lekin u past konsentratsiyalarda qo‘llanfanda yaxshi natija beradi. Yaseminning xushboʻyligi tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Oʻsimlik dermatologiyada antiseptik yoki yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi[7].
Jasminum officinale var. grandiflorum — Xitoyning janubida gepatitni davolash uchun ishlatiladi. U ichga qo‘llanilganda virusga qarshi faollikni koʻrsatgan[8].
Jasminum officinale var gul kurtaklarining ekstrakti, kalamushlarda qon zardobidagi progesteron darajasining sezilarli pasayishiga olib keldi[9].
Xavfsizlik
tahrirBu moy juda tez-tez yoki yuqori konsentratsiyalarda ishlatilsa, baʼzi odamlarda qichimani keltirib chiqarishi mumkin. Yaseminning asosiy tarkibiy qismi benzil asetat (~ 25%) boʻlib, u teri orqali soʻrilishi va allergik xususiyatga ega ekanligi maʼlum. Yasemin ham emmenagog hisoblanadi va shuning uchun homiladorlik paytida ishlatilmasligi kerak[10].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 RHS A-Z encyclopedia of garden plants. United Kingdom: Dorling Kindersley, 2008 — 1136-bet. ISBN 978-1405332965.
- ↑ „Jasminum officinale - Plant Finder“. www.missouribotanicalgarden.org. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
- ↑ Harrison, Lorraine. RHS Latin for Gardeners. United Kingdom: Mitchell Beazley, 2012. ISBN 978-1845337315.
- ↑ Al-Snafi, Ali Esmail (2018). "Pharmacology and Medicinal Properties of Jasminum Officinale- A Review". Indo American Journal of Pharmaceutical Sciences 05 (4): 2191–2197. doi:10.5281/zenodo.1214994. https://www.researchgate.net/publication/324521531.
- ↑ „RHS Plant Selector - Jasminum officinale 'Argenteovariegatum'“. Royal Horticultural Society. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ „AGM Plants - Ornamental“. Royal Horticultural Society (2017-yil iyul). Qaraldi: 2018-yil 14-mart.
- ↑ Rapini, Ronald P.. Dermatology: 2-Volume Set. St. Louis: Mosby, 2007 — 2049-bet. ISBN 978-1-4160-2999-1.
- ↑ Zhao G., Yin Z., Dong J. ,"Antiviral efficacy against hepatitis B virus replication of oleuropein isolated from Jasminum officinale L. var. grandiflorum Journal of Ethnopharmacology 2009 125:2 (265-268)
- ↑ Iqbal M., Ghosh A. K. M., Saluja A. K. „Antifertility activity of the floral buds of Jasminum officinale Var. grandiflorum in rats“ Phytotherapy Research 1993 7:1 (5-8)
- ↑ P. Joy and D. P. Raja. „Antibacterial activity studies of Jasminum grandiflorum and Jasminum sambac.“ Ethnobotanical Leaflets 12: 481-483. 2008. http://opensiuc.lib.siu.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1094&context=ebl