Jasur Jumayev

uzbek animator and craftsman

Jumayev Jasur Alimboyevich — oʻzbekistonlik hunarmand va jamoat arbobi. Oʻzbek somon sanʼati ustasi.

Jasur Alimboyevich Jumayev
Tavalludi 24-dekabr 1984-yil (1984-12-24) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Kasbi rassom
Dini Islom
Bolalari 2ta
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

1984-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Sijjak qishlogʻida tugʻilgan. 1997-yildan ayrim sabablarga koʻra 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxs sifatida imkoniyati cheklanganlar aravachasi yordamida harakatlanadi. 16 yoshidan hunarmadchilikning somon sanʼati yoʻnalishiga qiziqib, shu soha bilan shugʻullana boshlagan. 2009-yildan buyon Respublika „Hunarmand“ uyushmasi aʼzosi. 2017-yilda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.

Mehnat faoliyati tahrir

2008—2012 — Milliy rassomlik va dizayn instituti bakalar bosqichi talabasi.

2012—2014 — Milliy rassomlik va dizayn instituti magistri.

2014—2017 — Milliy rassomlik va dizayn instituti „Reklama va amaliy grafika“ kafedrasi oʻqituvchisi.

2017—2020 — Milliy rassomlik va dizayn instituti „Reklama va amaliy grafika“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.

2020-yildan — Milliy rassomlik va dizayn instituti „Amaliy grafika“ kafedrasi dotsenti.

Mukofotlari tahrir

2012-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni sovrindori boʻlgan.

2015-yilda „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan.

2015-yilda „Etirof-2015“ mukofoti sovrindori, yilning eng yaxshi hunarmandi[1].

2020-yilda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan „Milliy madaniyatimiz va sanʼatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti bilan ragʻbatlantirildi[2].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Jasur Jumayevning Instagram sahifasi

Jasur Jumayev Facebook sahifasi

Video YouTubeda