Jatlar
Jatlar — milodning boshlarida Panjobning gʻarbiy tumanlarida yashagan qabilalarning yirik guruhi. Keyinchalik ular Shim. Hindistonga tarqalib ketib, panjobilarning etnik asosini tashkil qilganlar va sikhlar jamoasi tarkibiga kirganlar. Hindistonda J.ning koʻpchiligi J. deb ataluvchi dehqonlar tabaqasiga aylangan. Dehli sultonligi va Boburiylar davlatida J.dan yollanma askar sifatida xam foydalanilgan. 17-asr oxirida J. boburiylarga qarshi bir necha marta (1669, 1672, 1686—91) qoʻzgʻolon koʻtargan. Masalan, 1669-yil Matxura viloyatida Gokla rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolon tarixda ayniqsa mashhur. Ularning shundan keyingi (18-asrdagi) qoʻzgʻolonlari natijasida mustaqil J. sultonligi tuzildi. 1763-yil boburiylar armiyasi zarbasidan soʻng sultonlik parchalanib ketib, undan faqat kichik Bharatpur knyazligini saqlab qolgan.
Hoz. J. (10 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari) Hindiston respublikasi shim.da va Pokistonda yashaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |