Jaudat Gilyazitdinov
Jaudat Maxmudovich Gilyazitdinov (1930-yil 15-aprel Arslanovo qishlog‘i, Boshqird ASSR — 2011-yil 30-avgust, Ufa) — sovet va rus sotsiologi, faylasufi, siyosatshunosi. Falsafa fanlari doktori, professor. Rossiya Ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi (1997-yil).
Jaudat Mahmudovich Gilyazitdinov | |
---|---|
Tavalludi |
15-aprel 1930-yil Arslanovo qishlog‘i, Chishmin tumani, Boshqird ASSR |
Vafoti |
30-avgust 2011-yil (81-yosh) Ufa, Boshqirdiston Respublikasi |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Sohasi | sotsiologiya |
Ish joylari | Boshqird davlat universiteti |
Taʼlimi | O‘rta Osiyo davlat universiteti (Toshkent) |
Ilmiy darajasi | falsafa fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Akademik rahbarlari | Aitov Nariman Abdurahmanovich |
Mashhur shogirdlari | Bindichenko Yevgeniy Vasilyevich; Burxanova Flyura Bulatovna; Gaisin Farit Ahmetovich; Galiyev Gali Talxiyevich; Golikov Vladimir Dmitriyevich; Egorshev Sergey Vasilyevich; Irnazarov Rashit Ismagilovich; Tuxvatullin Rasfar Muxlisovich; Shayxislomov Rafael Badretdinovich; Valiahmetov Rim Marsovich |
Mukofotlari |
„Bashqirdiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi“ |
Biografiyasi
tahrirGilyazitdinov Jaudat 1930-yilda Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Chishmin tumani Arslanovo qishlog‘ida tug‘ilgan.
1934-yilda oilasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Jaudat 1937-1947-yillarda o‘rta maktabda o‘qigan va uni kumush medal bilan tugatgan. Shundan so‘ng Toshkentdagi O‘rta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Ushbu dargohi 1952-yilda tamomlagan. Gilyazitdinov o‘qituvchilik faoliyatini ilm-fan va ijtimoiy ishlar bilan bog‘lashga harakat qilgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ikki farzandni va ikki nabirani voyaga yetkazgan.
Faoliyati
tahrirGilyazitdinovning birinchi ish joyi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bo‘lib, u yerda aspirant va o‘qituvchi sifatida 16 yil mehnat qilgan.
Olim 1968-yildan 1975-yilgacha pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Jumladan, Ufa aviatsiya institutining doktoranturasida tahsil olgan. U yerda sotsiologik laboratoriya tashkil qilgan (1973-yilda), doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1975-yilda), 1976-yilda esa professor ilmiy unvonini olgan.
Bundan tashqari, 1977-1988-yillarda Boshqird davlat pedagogika institutida ishlagan va mazkur institut kafedradasida sotsiologik laboratoriya tashkil etib, unga rahbarlik qilgan.
Sotsiolog Gilyazitdinov Boshqird davlat universitetidagi mehnat faoliyati davomida 1988-yilda dastlab falsafa kafedrasi professori. keyin mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi mudiri. 1991-yildan sotsiologiya kafedrasi mudiri lavozimida boshlagan. 2000-yildan 2006-yilgacha Boshqird davlat universitetining amaliy va tarmoq sotsiologiyasi kafedrasi mudiri bo‘lgan. Universitetda „Sotsiologiya“ (1991-yil) va „Ijtimoiy ish“ (1994-yil) kabi mutaxassisliklarga qabul ochilishining tashabbuskori va faol ishtirokchisi hisoblangan.
J.Gilyazitdinov 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 8 ta monografiya muallifidir. U bir qator davlat dasturlari loyihalari rahbari va ishlab chiquvchisi, jumladan „Boshqirdiston Respublikasida ijtimoiy islohotlar“ davlat dasturi konsepsiyasi prospekti va „Bashqirdiston Respublikasining 1998-2000-yillardan 2005-yilgacha ijtimoiy rivojlanish rejasi-prognozi“ davlat dasturi nomli kitob mualliflaridan biri va mas’ul muharriri (1998-yilda nashr etilgan)[1].
Xizmatlari
tahrirPitirim Sorokin Rossiya sotsiologiyasi rivojiga qo‘shgan yuksak hissasi, shuningdek, birinchi sotsiologik birlashma tashkil etilganining 50 yilligi hamda Rossiya Fanlar akademiyasining Sotsiologiya instituti tashkil etilganining 40 yilligi munosabati bilan J.Gilyazitdinov kumush medal bilan taqdirlangan (2008); Sovet sotsiologiya assotsiatsiyasi va Rossiya sotsiologlar jamiyatida ko‘p yillik samarali faoliyati va rus sotsiologiyasini rivojlantirish va targ‘ib qilishga qo‘shgan katta hissasi uchun Sovet Sotsiologiya Assotsiatsiyasi / Rossiya Sotsiologlar Jamiyatining faxriy aʼzosi diplomi (2008-yil) bilan taqdirlangan[2]. Boshqirdiston komsomol mukofoti laureati (1986-yil).
Ilmiy nashrlari
tahrir- Gilyazitdinov J. M. Boshqirdiston Respublikasining ijtimoiy-madaniy salohiyati // Boshqirdiston Respublikasi. Inson taraqqiyoti hisoboti 2008-yil / Valiahmetova R. M., Burxanova F. B., Xilazheva G. F. — Ufa, Sharq matbuoti, 2009-yil.
- Gilyazitdinov J. M. Rus jamiyatining o‘zgarishi va etnik jarayonlar. Tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan tanlangan asarlar to‘plami. — Ufa: BashGU, 2005-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ „Бурханова Ф. Б., Ковров В. Ф., Мухамадиева Р. Р. Социологи Башкортостана: Справочник: 2-е изд. дополненное и переработанное. — Уфа: Восточная печать, 2012. — 141 с.“. 2019-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-may.
- ↑ Gilyazitdinov Djaudat Maxmudovich. K 80-letiyu so dnya rojdeniya: Bibliograficheskiy ukazatel / Sost. Burxanova F. B., Staruxina T. N., Shayaxmetova R. R., Maslovskaya A. D. — Ufa: RITs BashGU, 2010. — 80 s.