Java dasturlash tili tarixi
Java dasturlash tili 1991-yilda James Gosling, Patrick Naughton, Chris Warth, Ed Frank va Mike Sheridanlar tomonidan Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan. Tilning birinchi versiyasini yaratish uchun 18 oy vaqt ketgan. Bu til boshida „Oak“ (eman) deb nomlangan edi, lekin keyinchalik 1995-yilda „Java“ ga oʻzgartiligan. „Oak“ ning 1992-yilning kuz oylaridagi birinchi tadbiq etilishi va 1995-yilning bahorida „Java“ ning ommaga eʼlon qilinishidagi vaqt oraligʻida koʻplab odamlar bu tilning dizayni va evolyutsiyasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Bil Joy, Arthur van Hoff, Jonathan Payne, Frakn Yellin va Tim Lindhom javaning asl prototipiga asosiy hissa qoʻshuvchilar hisoblanadi.[2]
Paradigmalari | obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash |
---|---|
Muallifi | James Gosling |
Tuzilgan yili | 23-may, 1995-yil[1] |
Turi | obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili |
Holati | faol |
Versiyalari | Java 18 22.03.2022 |
Ishga tushirish turi | IDE orqali |
Operatsion tizim | krossplatformali |
Litsenziya | Oracle No-Fee Terms and Conditions License for all users |
Fayl kengaytmalari |
.java , .class , .jar |
Vebsayt | oracle.com/java/, java.com |
Dialektlari | |
bytecode orqali | |
Bunga asos boʻlgan tillar | |
CLU, Lisp, SmallTalk, C++, C | |
Buning asosida tuzilgan tillar | |
C Sharp, Kotlin, Scala |
Nega „Oak“ deb nomlangan
tahrirAslida „Oak“ bu daraxtning nomi hisoblanadi. Nimaga Oak? Chunki Oak kuch va qudrat ramzi hisoblangan va bir nechta AQSH, Fransiya, Germaniya, Ruminiya kabi mamlakatklarning milliy daraxti sifatida tanlangan.[3] Lekin, bu nom Oak Technologies deb nomlanuvchi kompaniyaning savdo belgisi ekanligi aniqlangandan soʻng, tilning nomi „Java“ ga oʻzgartirilgan.
Nega „Java“ nomini tanlashgan?
tahrirBarcha jamoa aʼzolaridan yangi nom tanlash uchun fikrlari toʻplangan. Bir qancha nomlar taklif qilingan, jumladan, „dynamic“, „revolutionary“, „Silk“, „jolt“, „DNA“ va shu kabilar. Ular texnologiyaning mohiyatini aks ettiruvchi inqilobiy, dinamik, jonli, ajoyib, oʻziga xos va talaffuzi oson va aytishi qiziqarli boʻlgan nom tanlashni xohlashgan. Jeyms Goslingning soʻzlariga koʻra, „Java Silk bilan birga eng yaxshi tanlovlardan biri edi“. Java juda noyob boʻlgani sababli, jamoa aʼzolarining aksariyati boshqa nomlardan koʻra Javani afzal koʻrdi. Java — Indoneziyadagi orol, u yerda birinchi kofe ishlab chiqarilgan (Java kofesi deb ataladi). Bu espresso loviyasining bir turi. Java nomini Jeyms Gosling oʻz ofisida bir chashka qahva ichayotganda tanlagan. Payqaganingizdek, java bu shunchaki nom, hech qanday qisqartma soʻz emas. 1995-yilda Time jurnali Javani 1995-yilning eng yaxshi oʻnta mahsulotidan biri deb atadi.
Java dasturlash tili relizlari
tahrirJDK 1.0 1996-yil 23-yanvarda chiqarildi. Javaning birinchi versiyasidan soʻng tilga koʻplab qoʻshimcha funktsiyalar qoʻshildi. Endi Java Windows ilovalari, veb-ilovalar, korporativ ilovalar, mobil ilovalar, kartalar va hokazolarda qoʻllanilmoqda. Har bir yangi versiya Javaga yangi xususiyatlarni qoʻshadi. Hozirgacha koʻplab java versiyalari chiqarilgan. Javaning hozirgi barqaror versiyasi — Java SE 17.[4] Hozirda, 2022-yil 21-may holatiga koʻra, Java 8, 11 and 17 javaning barqaroq versiyalari, yaʼni doimiy ravishda qoʻllab quvvatlanadigan versiyalar sifatida qaraladi.[5] Javaning asosiy relizlari, ularni chiqarilgan vaqti bilan keltirilgan:
Versiyasi | Sana |
---|---|
JDK Beta | 1995 |
JDK 1.0 | Yanvar 23, 1996[6] |
JDK 1.1 | Fevral 19, 1997 |
J2SE 1.2 | Dekabr 8, 1998 |
J2SE 1.3 | May 8, 2000 |
J2SE 1.4 | Fevral 6, 2002 |
J2SE 5.0 | Sentabr 30, 2004 |
Java SE 6 | Dekabr 11, 2006 |
Java SE 7 | Iyul 28, 2011 |
Java SE 8 (LTS) | Mart 18, 2014 |
Java SE 9 | Sentabr 21, 2017 |
Java SE 10 | Mart 20, 2018 |
Java SE 11 (LTS) | Sentabr 25, 2018[7] |
Java SE 12 | Mart 19, 2019 |
Java SE 13 | Sentabr 17, 2019 |
Java SE 14 | Mart 17, 2020 |
Java SE 15 | Sentabr 15, 2020[8] |
Java SE 16 | Mart 16, 2021 |
Java SE 17 (LTS) | Sentabr 14, 2021 |
Java SE 18 | Mart 22, 2022 |
Manbalar
tahrir- ↑ Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).
- ↑ Java The Complete Reference 12th Edition — 41-bet.
- ↑ „Oak nomi o'zgartirilishi“. https://www.javatpoint.com.
- ↑ „Java versiyalari“. https://www.oracle.com/java/technologies/downloads/. Oracle.
- ↑ „Oracle Java SE Support Roadmap“. Oracle (13-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 21-may 2022-yil.
- ↑ „JAVASOFT SHIPS JAVA 1.0“. sun.com. 10-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
- ↑ Chander, Sharat „Introducing Java SE 11“. oracle.com. 26-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2022-yil.
- ↑ „The Arrival of Java 15!“. Oracle (15-sentabr 2020-yil). 16-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.