Javier Milei (talaffuzi: Xavier Miley; 1970-yil 22-oktyabr, Buenos Ayres, Argentina) — argentinalik siyosat va davlat arbobi, iqtisodchi, tadbirkor. 2023-yilning 20-noyabridan Argentinaning saylangan prezidenti. Libertarianlardan chiqqan tarixdagi birinchi prezident. 2019-yildan „La Libertad Avanza“ siyosiy koalitsiyasi yetakchisi. 2021-yildan Buenos Ayres Deputatlar palatasi aʼzosi.

Javier Gerardo Milei

Javier Milei 2023-yilda
 Argentinaning saylangan prezidenti
 
Mansab davri
2023-yil 20-noyabr
Vitse-prezident Victoria Villarruel[en]
Oʻtmishdoshi Alberto Fernández
 Buenos Ayresdan Argentina deputatlar palatasi aʼzosi
 
Mansab davri
2021-yil 10-dekabr
Prezident Alberto Fernández
 Argentina Libertarianlar partiyasining faxriy prezidenti[1]
 
Mansab davri
2019-yil 23-fevral
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1970-yil 22-oktyabr
Buenos Ayres, Argentina
Fuqaroligi Argentina bayrogʻi Argentina
Siyosiy partiyasi La Libertad Avanza (2021-yildan)[2]
Onasi ispancha: Alicia Luján Lucich
Otasi ispancha: Norberto Horacio Milei
Taʼlim Belgrano universiteti[es][3][4] (iqtisodiyot litsensiati),
Instituto de Desarrollo Económico y Social[es] (iqtisodiyot nazariyasi boʻyicha magistr),
Torcuato di Tella nomidagi universitet[en] (iqtisodiyot boʻyicha magistr)
Kasbi iqtisodchi, yozuvchi, oʻqituvchi, teleboshlovchi, radioboshlovchi, siyosatchi, sharhlovchi[5]
Dini Katolitsizm[6]
Imzosi

Siyosatga kirib kelguniga qadar iqtisodchi hamda iqtisod va siyosatga oid koʻplab kitoblar muallifi sifatida tanilgan. U iqtisodda Avstriya maktabi tarafdori. Fiksal siyosat olib borgani tufayli avvalgi davrlardagi Argentina hukumatlarini tanqid qilgan va davlat xarajatlari kamayishi tarafdori boʻlgan. Makroiqtisodiyot, iqtisodiy oʻsish, mikroiqtisodiyot va iqtisodchilar uchun matematika kurslari boʻyicha unversitetda dars bergan.

Tarjimayi holi tahrir

Javier Milei 1970-yil 22-oktyabrda Buenos Ayresning Palermo tumanida[7] kelib chiqishi italiyalik boʻlgan oilada tugʻilgan[8]. Otasi — Norberto Horacio Milei — avtobus haydovchisi boʻlib ishlagan, onasi — Alicia Luján Lucich — uy bekasi[9].

Javier Milei „Cardinal Copello“ oʻrta maktabida oʻqigan. 1989-yilgacha „Chacarita Juniors“ futbol klubida darvozabon ampluasida oʻynagan[10]. Shuningdek, asosan The Rolling Stones guruhining qoʻshiqlarini kover tarzida kuylagan „Everest“ guruhi tarkibida qoʻshiq ham kuylagan[5].

Manbalar tahrir

  1. Diego Giacomini & Fernando Bustamante [@GiacoDiego]. „twitter.com/giacodiego/status/1099664654404644864“ (2019-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
  2. „José Luis Espert y Javier Milei presentaron listas de candidatos separadas y con sorpresas“ (es). Clarín (газета) (2021-yil 24-iyul). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  3. „Consejo Profesional de Ciencias Económicas de la Ciudad Autónoma de Buenos Aires“ (es). https://www.consejo.org.ar. 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  4. „Quién es javier milei, El economista polémico al que comparan con Nostradamus“ (es). El Observador[en] (2019-yil 13-avgust). 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 Juan Manuel Compte. „Milei, entre la solidez técnica y la aspereza de un exarquero de Chacarita“ (es). El Cronista[en] (2017-yil 27-noyabr). 2023-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  6. Javier Milei [@JMilei]. „Disculpame. Yo soy católico. Y en mis valores la violencia y el robo está mal. Será un problema tuyo si avalás el robo y recorte de libertad“ (2017-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  7. „Javier Milei, il leader di estrema destra che ha vinto le primarie in Argentina“ (it). Il Post[en] (2023-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  8. Veronique Viriglio. „Argentina: Milei, un outsider contro il kirchnerismo“ (it). Agenzia Giornalistica Italia[en] (2023-yil 16-avgust). Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  9. José Pablo Criales. „Javier Milei: The ultra-right libertarian and ‘anarcho-capitalist’ who represents angry Argentina“ (en). El País (2023-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  10. Sex guru, cosplayer, economist: will Javier Milei be Argentina’s next president? // The Economist. — ISSN 0013-0613.