Jaydari gʻoʻza - Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelingan gʻoʻza. Mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan. Koʻsaklari mayda va oʻrtacha, dumaloq, uchi suyri, yaxshi ochilmaydi, koʻsak bandida osilib turadi. J. gʻ. joyning nomi yoki biror muhim belgisi bilan atalgan. Masalan, "qoʻqon gʻoʻzasi", "xorazm gʻoʻzasi", "xiva gʻoʻzasi", "malla gʻoʻza", "qizil gʻoʻza" va b. Keyinchalik serhosil yangi gʻoʻza navlari yaratilganidan keyin J. gʻ. 1929 y.dan boshlab Oʻzbekistonda butunlay ekilmaydigan boʻldi (yana q. Afrika — Osiyo gʻoʻzasi, Gʻoʻza).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil