Jaz orkestri, big - bend (ing . big band — katta orkestr) — jaz va estrada musiqasi anʼanalaridagi orkestr. 1930y.lari Amerika va Yevropada tashkil topgan. Toʻliq tarkibi 3—4 saksofon, 3 truba, 3 trombon hamda ritmguruhi (urma sozlar, fortepiano, gitaralar, tuba va b.)dan iborat. Big-bendga torli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchellar) qoʻshilishi natijasida katta J. o. (simfojaz) karor topadi. Asarlarining kompozitor yoki aranjirovkami tomonidan oldindan tayyorlanganligi, yakka sozlarning navbatma-navbat ijro etayotgan badiha (improvizatsiya) epizodlari bilan jamoaviy badihagoʻylikka asoslangan diksilend hamda ilk jaz ansambllarining ijodidan farq qiladi (yana q. Estrada orkestri).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil