Jean Baptiste Perrin (1870.30.9, Lill - 1942.17.4, Nyu-York) — fransuz fizigi va fizik-kimyogari, Fransiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1923-yildan, 1938-yildan prezidenti). 1940-yildan AQSH da. Katod nurlarini manfiy zaryadlangan zarralar oqimidan iboratligini tajribalarda asoslagan (1895), Broun harakatini tekshirgan (1908—13), boshqa usullar bilan topilgan qiymatiga moye keluvchi Avogadro sonini aniklagan, molekulaning mavjudligini isbotlagan. P. sovun koʻpigining tuzilishini oʻrganib, har qanday koʻpik bir qancha bimolekulyar qatlamlardan iborat ekanligini aniqlagan. P. rentgen nurlarning tabiatini, gazlarning oʻtkazuvchanligini, fluoressensiya, radioaktivlikni tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1926).[1][2]

Jean Baptiste Perrin

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari