Jean Leray (talaffuzi: Jan Lere) (7-noyabr 1906-yil — 10-noyabr 1998-yil) — fransiyalik matematik. Leray qisman differensial tenglamalar va algebraik topologiya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1979-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Jean Leray
Tavalludi 7-noyabr 1906-yil(1906-11-07)
Chantenay-sur-Loire (bugungi kunda Nantes shahriga kiradi)
Vafoti 10-noyabr 1998-yil(1998-11-10)
(92 yoshda)
La Baule
Sohasi Matematika
Institutlar Nancy universiteti
Parij universiteti
Collège de France
Akademik rahbarlari Henri Villat
Mashhur shogirdlari Armand Borel
István Fáry
Mashhur ishlari Qisman differensial tenglamalar, algebraik topologiya
Mashhur sovrinlari Malaxa mukofoti (1938)
Feltrinelli mukofoti (1971)
Wolf mukofoti (1979)
Lomonosov oltin medali (1988)

Leray Chantenay-sur-Loireda (bugungi kunda Nantes shahri tarkibiga kiradi) tugʻilgan. 1926–1929-yillarda Oliy normal maktabda oʻqigan. 1933-yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1938–1939-yillarda Nancy universitetida, 1945–1947-yillarda Parij universitetida, soʻngra 1978-yilgacha Collège de Franceda professor boʻlib ishlagan.

Leray topologiya boʻyicha ishlarining asosiy qismini 1940–1945-yillarda Avstriyaning Edelbach shahrida urush lageri mahbusi boʻlgan paytida yozgan. Differensial tenglamalar boʻyicha bilimini yashirgan, chunki bunday tenglamalarning amaliy matematikaga aloqasi tufayli uni urush loyihalarida ishlashga majburlashlaridan qoʻrqqan. Olimning ishlari spektral ketma-ketliklar hamda tutamlar tushunchalarining rivojlanishida muhim rol oʻynagan.