Jebe noʻyon, Jaba, Jeba, Jebe, Chjebe (12-asr oxiri — 13-asr 1-yarmi) — Chingizxonning atoqli sarkarda — nuyenlaridan biri. Nirun qabilasining yisut urugʻidan. Chingizxonga qoʻshilguncha tayjiut qabilasi boshliqlaridan sanalgan Qadan tayjining oʻgʻli Tudaning xos yigiti boʻlgan. J. n. ning lashkarboshilik salohiyatini yuqori baholagan Chingizxon uni oʻta masʼuliyatli harbiy amaliyotlarga tayinlagan, jumladan, 1216 y.ning koʻklamida naymanlar xoni Kuchluqkr. qarshi oʻgʻli Joʻji va J. n. boshchiligida 20 ming kishilik qoʻshin joʻnatgan. Bu qoʻshin zafar bilan qaytayotganda Irgʻiz dape’cu boʻyidagi jangyaa Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qoʻshiniga roʻbaroʻ kelgan. Chingizxonning Shim. Xitoyga yurishi (1211) paytida J. n. Jurja viloyatining yirik shahri Tunkinni egallash uchun joʻnatilgan. J. n. oʻziga xos harbiy taktik usul qoʻllab shaharni egallaydi. Shu yili Chamchil darasiga kirish yoʻlini qoʻriqlash topshirilgan J. n. xitoyliklarning Udun qoʻmondonligidagi askariy qismlariga qoʻqqisdan hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. 1220 y. Movarounnahrni istilo qilish chogʻida Chingizxon 20 ming kishilik qoʻshin bilan J. n. va Subutoy bahodirni yurtni tark etgan Muhammad Xorazmshohni taʼqib etish va uning tasarrufidagi Arron, Ozarbayjon, Eron va Shirvon yerlarini zabt etishga joʻnatgan. Ular dastavval Iroqi ajamning Har, Simnon, Ray, Qum, Hamadon, Qazvin, Ozarbayjonning Tabriz, Marogʻa, Naxichevan, Sarob, Ganja, Baylakon kabi sh.larini egallashgan. Gurjilar (gruzinlar)ning 30 ming kishilik qoʻshinini harbiy hiyla bilan yakson etgan J. n. va Subutoy bahodir qoʻshini Shirvonshoxlar sulolasining bosh shahri Shamoxiy (Shemaxa)ni gʻorat qiladi va Darbanddan oʻtib, Shim. Kavkazga alanlar yurtiga bosib kiradi, ularning qarshiligini sindirib, qoʻqqisdan qipchoqlarga hujum qiladi. Omon qolgan qipchoqlar Rus yerlariga qochishga majbur boʻlishgan. Qish mavsumini qipchoqlarning sersuv yaylovlarida oʻtkazgan J. n. va Subutoy bahodir Qrimning jan.dagi Sugʻdaqni zabt etadi. Kalka jangida rus knyazlari va qipchoqlarning birlashgan qoʻshinini yenggan moʻgʻullar ruslarning koʻpdan koʻp shaharlarini gʻorat qilganlar, soʻngra Volga-Kama Bulgʻoriyasish qattiq qarshilikka duch kelgach, orqaga qaytib, Qoraqurumga qaytayotgan Chingizxonga kelib qoʻshilganlar.

Adabiyot

tahrir
  • Rashidad-Din , Sbornik letopisey, t.1, Kniga vtoraya, M. — L., 1952; Shixabad-Din Muhammadan-Nasav i , Jizneopisaniye sultana Djalalad-Dina Mankburni, Baku, 1973; Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Soch., t. 1, M., 1963.

Hamidulla Dadaboyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil