Jeff Campbell (1979-yil 25-avgustda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyalik futbolchisi. U faoliyatini 2017-yilda Takapuna OFKda oʻynab yakunlagan[1]. U oʻz mamlakatini U20, U23 yoshlat toifasida hamda kattalar toifasida himoya qilgan.

Jeff Campbell
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jeffrey Campbell
Tavallud sanasi 25-avgust 1979-yil (1979-08-25) (45 yosh)
Tavallud joyi Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Kogarah Waratahs
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Rangitoto
Mt. Wellington AFC
1999-2004 The Football Kingz 76 (3)
2001 Adelaide City Force 1 (0)
2005 AFC Wimbledon 3 (0)
2005-2006 Hendon F.C. 34 (4)
2006 North Shore United
2006-2007 Waitakere United 13 (2)
2007-2008 Auckland City 16 (2)
2008-2009 Waitakere United 12 (0)
Milliy terma jamoa
2000-2008 New Zealand 16 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-aprel 2010-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (26-sentyabr uchun)

Klubdagi faoliyati

tahrir

2006-yil sentyabr oyida Jeff 2006—2007-yilgi mavsum uchun Yangi Zelandiya futbol chempionatining Waitakere United klubi bilan shartnoma imzoladi. U, shuningdek, Okeaniya Chempionlar Kubogida Waitakere United jamoasida oʻynagan.

Keyingi mavsumda u Auckland City klubiga qoʻshildi va yana 2008-yilgi Okeaniya chempionlar kubogida oʻynadi[2]. U 2010-yilda Waikatoga qoʻshildi[3]. 2015-yil oxirida faoliyati davomida 44 ta oʻyin oʻtkazgan holda premer-ligani tark etdi.

Jeffning otasi Klayv Campbell ham Yangi Zelandiyani milliy yerma jamoasini xalqaro miqyosda maydonlarda himoya qilgan. Uning akasi Ckott Campbell Takapuna OFKda u bilan birga oʻynagan.

Professional faoliyati

tahrir

Wollongong Wolves va Sidney United bilan muvaffaqiyatsiz oʻyiinlardan soʻng, Campbell 2000-yil fevral oyida Yangi Zelandiyaning birinchi professional futbol jamoasi Football Kingz FC aʼzosi boʻldi[4]. 3-mart kuni u Avstraliya ligasi peshqadami Sydney Olympic jamoasiga qarshi oʻynadi va ikkinchi boʻlimda ikkita gol urib, Kingzga ilk gʻalabasini taqdim etdi[5]. U 2000 va 2004-yillar oraligʻida Kingz uchun 76 ta oʻyin oʻtkazdi[6][7][8][9].

2001-yilda Avstraliyaning Adelaide City klubi bilan shartnoma imzoladi[10]. U Adelaida uchun faqat bitta oʻyin oʻtkazdi, shundan soʻng u ikki yillik shartnoma imzolaganiga qaramay, klubga qoʻshilganida jarohat olgani maʼlum boʻldi[11]. Keyinchalik Campbell Football Kingz jamoasiga qaytdi.

2000-yil sentyabr oyida Campbell Yangi Zelandiya Futbol Media Assotsiatsiyasining „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ mukofotini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro maydonlarda

tahrir

Cempbell Yangi Zelandiyani 20 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlganlar darajasida mamlakati sharafini himoya qilgan[10].

2002-yilda u Yangi Zelandiya terma jamoasi uchun Okeaniya Millatlar Kubogida oʻynadi va ikkita gol urib, B guruhida gʻalaba qozonishga yordam berdi[12].

2007-yilda u yana Yangi Zelandiyaga yarim himoyachi sifatida chaqirilgan[13].

Manbalar

tahrir
  1. „Northern League First Division“. 26-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2015-yil.
  2. „Oceania Club Competitions 2007/08“. RSSSF. Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
  3. Waikato FC pick up ex-All White in transfer, 21:15pm Jan 23 2010, Stuff.co.nz, retrieved 19 April 2022
  4. Murphy, Phil. Kingz could include surprises. Illawarra Mercury (11-mart 2000-yil), s. 81.
  5. Debutant Campbell Inspires Defeat Of League Leaders, Jeremy Ruane, retrieved 18 April 2022
  6. „Aussie Footballers - Campbell to Carro“. www.ozfootball.net. Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
  7. Strack-Zimmermann. „Jeff Campbell (Player)“ (en). www.national-football-teams.com. Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
  8. Soccer: Football Kingz end long search for success, 23 Nov, 2003 08:38 PM, New Zealand Herald, retrieved 19 April 2022
  9. Kingz show first signs they might yet weather the storm, November 17, 2003 — 11.00am, Sydney Morning Herald, retrieved 19 April 2022
  10. 10,0 10,1 Toutsidis, Meno. Force snares NZ star. The Advertiser (10-iyul 2001-yil), s. 64. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "force-snares" defined multiple times with different content
  11. Toutsidis, Meno. "If I knew he was injured I wouldn't have signed him"; Matic relieved as third import leaves. The Advertiser (1-yanvar 2002-yil), s. 64.
  12. „For New Zealand, it's All White on the night“. The Age (10-iyul 2002-yil). Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
  13. „Soccer: All Whites reprieve for Campbell“. NZ Herald (11-may 2007-yil). Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.