Jeff Schultz (talaffuzi: Jeff Shults) (1986-yil 25-fevralda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Jeff Schultz yaqinda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „San Diego Gulls“ xokkey jamoasida oʻynagan edi[1].

Jeff Schultz
Schultz Washington Capitals klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 25-fevral 1986-yil (1986-02-25) (38 yosh)
Calgary, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 6 in (198 cm)
Ogʻirligi 230 lb (104 kg; 16 st 6 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Washington Capitals
Los Angeles Kings
NHLga kirish drafti 27-oʻrindagi tanlov, 2004
Washington Capitals
Jamoalardagi faoliyat 2006—2018

Oʻyin faoliyati tahrir

Jeff Schultz „Washington Capitals“ xokkey jamoasi safiga 2004-yilgi NHL kirish loyihasida 27-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Shundan soʻng, Jeff Schultz "Calgary Hitmen" jamoasi bilan Gʻarbiy Xokkey Ligasida (WHL) toʻrt mavsumni (2002— 2006) oʻtkazdi. Jeff Schultz 2005— 2006-yilgi pley-offda „Washington Capitals“ xokkey klubining eng yaxshi kichik liga filiali "Hershey Bears" jamoasi safida yettita oʻyin oʻtkazdi. Jeff Schultz Hershey Bears xokkey jamoasiga Calder kubogini qoʻlga kiritishda yordam berdi.

Jeff Schultz NHLdagi debyutini 2006-yil 22-dekabrda „Washington Capitals“ klubi safida „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi. Jeff Schultz mavsum oxirigacha klub safida 38 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Jeff Schultzga 2010-yil boshida Pierre McGuire tomonidan "Mr. Nasty" laqabi berildi[2].

2013-yilning 2-iyulida Jeff Schultz "Washington Capitals" xokkey klubini erkin agent sifatida tark etdi[3].

2013-yil 5-iyulda Jeff Schultz "Los Angeles Kings" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnomaga imzo chekdi[4]. Shundan soʻng, Jeff Schultz "Los Angeles Kings" xokkey klubining AHL boʻlimiga „Manchester Monarchs“ xokkey klubi safiga yuborildi[5].

Jeff Schultz 2014-yilgi pley-off oʻyinlarida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safiga chaqirildi. Keyin Jeff Schultz pley-off bahsi yarim finalining 2-oʻyinida "Anaheim Ducks" xokkey klubiga qarshi oʻyinda „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida debyut qildi[6]. Jeff Schultz, shuningdek, 2014-yilgi G‘arbiy konferensiya finalida „Chicago Blackhawks“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi[7].

2016-yilning 5-iyulida Jeff Schultz „Kings“ xokkey klubini erkin agent sifatida tark etdi va „Anaheim Ducks“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[8]. Jeff Schultz 2016-2017-yilgi mavsumni „Ducks“ klubining AHL filiali „San Diego Gulls“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2002—2003 Calgary Hitmen WHL 50 2 1 3 4 4 0 0 0 0
2003— 2004 Calgary Hitmen WHL 72 11 24 35 33 7 1 1 2 0
2004— 2005 Calgary Hitmen WHL 72 2 27 29 31 12 2 1 3 6
2005— 2006 Calgary Hitmen WHL 68 7 33 40 36 13 4 6 10 6
2005— 2006 Hershey Bears AHL 7 1 3 4 4
2006— 2007 Hershey Bears AHL 44 2 10 12 39 19 0 1 1 18
2006— 2007 Washington Capitals NHL 38 0 3 3 16
2007— 2008 Washington Capitals NHL 72 5 13 18 28 2 0 0 0 2
2007— 2008 Hershey Bears AHL 1 0 0 0 0
2008— 2009 Washington Capitals NHL 64 1 11 12 21 1 0 0 0 0
2009— 2010 Washington Capitals NHL 73 3 20 23 32 7 0 1 1 4
2010— 2011 Washington Capitals NHL 72 1 9 10 12 9 0 0 0 6
2011— 2012 Washington Capitals NHL 54 1 5 6 12 10 0 0 0 2
2012— 2013 Washington Capitals NHL 26 0 3 3 12
2013— 2014 Manchester Monarchs AHL 67 2 11 13 32 2 0 0 0 2
2013— 2014 Los Angeles Kings NHL 7 0 0 0 0
2014— 2015 Manchester Monarchs AHL 52 3 13 16 30 14 0 3 3 10
2014— 2015 Los Angeles Kings NHL 9 0 1 1 4
2015— 2016 Los Angeles Kings NHL 1 0 0 0 0
2015— 2016 Ontario Reign AHL 66 3 15 18 24 13 1 3 4 2
2016— 2017 San Diego Gulls AHL 65 0 15 15 18 10 0 1 1 2
2017— 2018 San Diego Gulls AHL 36 1 5 6 12
AHL jami 331 11 69 80 155 65 2 11 13 38
NHL jami 409 11 65 76 137 36 0 1 1 14

Manbalar tahrir

  1. „Jeff Schutlz prospect profile“. HockeysFuture.com (2015-yil 3-fevral). Qaraldi: 2015-yil 3-fevral.
  2. Cassese, Mike. „Jeff Schultz is "Mr. Nasty"“. The Washington Post (2010-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  3. „Capitals will buy-out Jeff Schultz“. The Washington Post (2013-yil 2-iyul). Qaraldi: 2013-yil 2-iyul.
  4. „Kings sign Schultz to one-year deal“. National Hockey League (2013-yil 5-iyul). Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.
  5. Kings Announce Player Transactions National Hockey League. December 3, 2013. Retrieved December 3, 2013.
  6. Caps alum Jeff Schultz to make L. A. Kings debut (Wayback Machine saytida 2014-05-28 sanasida arxivlangan) May 5, 2014. Retrieved May 27, 2014
  7. [1] October 10, 2014. Retrieved May 16, 2020
  8. „Ducks sign D Schultz to one-year contract“. Anaheim Ducks (2016-yil 5-iyul). Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  9. „Gulls sign Jeff Schultz to one-year contract“. San Diego Gulls (2017-yil 26-iyul). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.