Jeffrey Chen (talaffuzi: Jeffri Chen; 2002-yil 21-iyulda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Katarina Wolfkostin bilan birga 2021-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSH chempioni, 2021-yilgi Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining chempioni, 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempionatining kumush medali va 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Jeffrey Chen

Wolfkostin/Chen juftligi 2020-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 21-iyul 2002-yil (2002-07-21) (21 yosh)
Fremont, California
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Sherigi Katarina Wolfkostin
Oldingi sheriklari Anna Lavrova
Gianna Buckley
Layla Karnes
Uchishni boshlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 180.46
Qisqa raqs 72.37
Erkin raqs 108.09

Shaxsiy hayoti tahrir

Jeffrey Chen 2002-yil 21-iyulda Kaliforniyaning Fremont shahrida tayvan oilasida tug‘ilgan. Uning opasi Karen ham yakka holda konkida uchadi.

Faoliyati tahrir

Jeffrey Chen 2019-yilda Katarina Wolfkostin bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Michigan shtatining Novi shahrida Igor Shpilband va Pasquale Camerlengo[1]. murabbiylik qilgan. Juftlik oʻzlarining 2019 -yilgi Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining debyutida beshinchi oʻrinni egallagan. Wolfkostin / Chen juftligi 2019-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida erkin raqs namoyishida ikkinchi o‘rinni egallaganidan keyin umumiy hisob bilan jamoalar oʻrtasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Juftlik 2020-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etish huquqini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun U. S. Ice Dance musobaqasining finalida gʻolib boʻlgan[2].

Wolfkostin / Chen juftligi 2019-yilgi „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida ilk xalqaro medalini qo‘lga kiritib, rossiyalik Ushakova / Nekrasov juftligidan keyin kumush medal bilan taqdirlangan[3].

Wolfkostin / Chen juftligi 2020-yilgi Oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi uchun tanlanib olingan. Juftlik Olimpiadada rossiyalik Xavronina / Cirisano va Tyutyunina / Shustitskiy juftligidan ortda qolib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlikning medali AQSh terma jamoasi tomonidan 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan birinchi medal boʻlgan. Wolfkostin / Chen juftligi yakka holda konkida uchuvchi janubiy koreyalik Cha Young-hyun va finlandiyalik Nella Pelkonen hamda kanadalik juftlikda konkida uchuvchi Brooke McIntosh / Brandon Toste juftliklari bilan birgalikda jamoaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun saralashda ishtirok etgan.

Dasturlari tahrir

Katarina Wolfkostin bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2022 — 2023

  • Samba: Lagoa
  • Rhumba: Summer in the Ends

  • Rhumba: Hot Oil, No Sweat

  • Samba: Magalenha

    Sérgio Mendes
2021 — 2022

2020 — 2021
  • Exogenesis: Symphony Part III

    Muse
2019 — 2020

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Katarina Wolfkostin bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 19 — 20 20 — 21 21 — 22 22 — 23
GP Fransiya 8
GP NHK 10
CS Budapesht 3
CS Avstriya kubogi 9
CS US Classic 6
Lake Placid IDI 3
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 7 4
Olimpiada 3
JGP finali C
JGP Fransiya 5 1
JGP Rossiya 4
JGP Sloveniya 2
Milliy
AQSh chempionati 2-J 1-J 6
US Ice Dance 1-J
ISP Points Challenge 1-J
WD = musobaqani tark etgan; J-oʻsmirlar darajasi, C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar tahrir

  1. Slater, Paula. „Nguyen and Kolesnik dance to Junior World title“. Golden Skate (2020-yil 7-mart).
  2. „First Junior Champions Crowned at U.S. Championships“. U.S. Figure Skating Fan Zone (2020-yil 22-yanvar).
  3. „Wolfkostin and Chen Strive for Continued Success in Second Season Together“. U.S. Figure Skating Fan Zone (2020-yil 17-sentyabr).