Muse (myuz deb oʻqiladi, inglizcha: ilhom parisi) — britaniyalik alternativ rok-guruh, 1994-yili Tinmut shahrida (Devon grafligi) tashkil topgan. Guruh uch ishtirokchidan iborat: Metyu Jeyms Bellami (inglizcha: Matthew James Bellamy, vokalchi, gitarachi va klavishachi), Kris Toni Uolstenxolm (inglizcha: Chris Tony Wolstenholme, bas-gitarachi, bek-vokal) va Dominik Jeyms Hovard (inglizcha: Dominic James Howard, barabanchi va perkussionchi). Bellami — guruhning ijodiy sardori va barcha taronalarning muallifi, ayrim qoʻshiqlarda Uolstenxolm va Hovard avtordoshlik qilishadi.

Muse
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Faoliyat yillari 1994-bugun
Janr alternativ-rok
Tarkib Metyu Bellami (vokal, gitara)
Kris Uolstenxolm (bas-gitara, bek-vokal)
Dominik Hovard (barabanlar)
Vebsayt [1]

Ularning Black Holes And Revelations nomli 4 albomining relizidan soʻng guruhning jonli chiqishlarida Morgan Nikollz (inglizcha: Morgan Nicholls, klavishlar, sempllar va bek-vokal) paydo boʻladi.

Guruh tarixi

tahrir

Tashkil topishi va ilk yillari (1992-1997)

tahrir

90-yillarning boshlarida Mett, Dom va Kris Tinmut maktabining har xil kollektivlarida gitara chalishardi. Muse'ning tashkil topishi Metyu Bellami Dom Hovarning guruhida gitarachi boʻlishidan boshlandi. Ular ikkinchi gitarachi Phys Vandit ketishga qaror qilganida qiyin ahvolga tushib qolishadi. Shunda ular oʻzlarining yaqin doʻstlari Kris Uolstenxolmni bas chalishni oʻrganishini iltimos qiladilar. Oʻsha paytdan buyon guruh juda koʻp nomlarni oʻzgartiradi: Gothic Plague, Carnage Mayhem, Fixed Penalty va Rocket Baby Dolls va oqibatda Muse nomini olishadi. 1994-yili, Rocket Baby Dolls nomi ostida va gotik/glem imij bilan guruh "Guruhlar jangi"ni oʻzining asboblarini sindirgan holda yutishadi. (Ular "yagona haqiqiy rok-guruh" edilar).[1][2] Oradan fursat oʻtmay, guruh universitetga kirmaslikka qaror qilib, professional musiqachilar hayotiga shoʻngʻiydilar. Ular nomligini Muse'ga oʻzgartirishadi va Ekseterdagi "the Cavern" kabi klublarda chiqishni boshlaydilar.

Birinchi EP'lar va Showbiz (1998-2000)

tahrir

Poytahtdagi fan-bazaning bir necha yillik shakllanuvidan soʻng Muse oʻzining birinchi konsertlarini London va Manchesterda oʻtkazadi. Guruh Sawmills nomli Kornuolldagi (Janubiy-Gʻarbiy Angliya) ovoz yozish studiyasi hoʻjayini bilan uchrashadilar. Oʻsha paytning oʻzida ular kontrakt imzolashadi. Bu uchrashuv ularning dastlabki haqiqiy yozuvlarga va Dangerous soumill leybli kuchlari bilan Muse EP'sining chiqaruviga olib keladi. Ularning ikkinchi EP'si Muscle Museum (1999 yanvari) oʻz ichiga bosh tarona Sober'ning ikki versiyasini hamda Uno, Unintended va Instant Messenger qoʻshiqlarini olardi. Reliz obroʻli britaniyalik musiqiy jurnalist Stiv Lamakning (inglizcha: Steve Lamacq) eʻtiborini tortadi. Lamak, shuningdek Radio One'da DJ boʻlib, milliy radioda Muse'ni birinchi qoʻyadi, u eslaydi: Bu hamma yerda jarang sochaveradigan qoʻshiqlarga umuman oʻxshamaydigan eng qiziq tarona edi. U tez orada tinglovchilarning eng yaxshi fikrlariga sazovor boʻldi. Myuzlarning oʻzligi taʻsirni inkor etmaydilar, ammo kuchlari yetgancha mustaqilliklarini tasdiqlaydilar. Bellami: Men kollejni tashlaganimdan soʻng Yevropa boʻylab koʻp sayohat qilganman. Koʻpchilik odamlar kifoyalanadigan bir necha tor trendlardan tashqari, koʻp taʻsirlarga tushish - bu yaxshi. Keyinchalik, Dennis Smit ataylab Muse uchun Taste Media musiqiy kompaniyasiga asos soladi (guruh u bilan birinchi uch albom davomida qoladi). Bu myuzlar uchun katta omad edi, chunki bu ularning karyerasi boshlaridagi individuallikni saqlab qolishga imkon beradi. Birinchi EP'larning muvaffaqiyatiga qaramay britan rekord-kompaniyalari Muse'ni qoʻllashdan bosh tortadilar va musiqa industriyasining koʻpchilik yoʻnalishlarini Muse Radiohead'ni (The Bends vaqtlaridagi) eslatishi havotirga soladi. Shunga qaramay, amerikalik Maverick Records AQSHda bir necha konsertlarni uyushtirib beradi va 1998-yil ohirida ular bilan shartnoma tuzadi. Guruh Birlashgan Qirollika qaytganidan soʻng Taste Media Yevropa va Avstraliyadagi turli xil leybllar bilan shartnoma tuzadi. Muse'ning birinchi albomi - Showbiz - ustida ish olib borish uchun The Bends, The Stone Roses, Yankovichning "Gʻalati El"ini va The Verve'ning prodyusseri Jon Leki jalb qilinadi. Albom guruhning agressiv yoʻnalishini ochib beradi, uning matnlari esa ularning Tinmutda oʻz oʻrnilarini egallash uchun yenggan mashaqqatlarini soʻzlaydi. Albom chiqqanidan soʻng guruh Foo Fighters va Red Hot Chili Peppers guruhlari bilan qizitib berish rolida turga chiqadi.

Origin of Symmetry (2001-2002)

tahrir

2002-yil noyabridan Muse studiyaga Jon Kornfild va Pol Riv (John Cornfield, Paul Reeve) prodyusserlari bilan birga kela boshlaydi. Avvaliga uch-toʻrt qoʻshiq yoziladi, ammo keyin guruh prodyusserini oʻzgartiradi va albomni ohirigacha bitkazishga Rich Kostli (Rich Costley) koʻmakdosh boʻladi. Dastlab, kuchli orkestr joʻrligidagi kayfiyatni koʻtaruvchi albom yozilishi maqsadga qoʻyilgan edi. Biroq, sodir boʻlgan bir necha voqeadan soʻng hamma narsa kuchli oʻzgaradi. Rasman, agar MuseAndaMuse saytiga ishonsak, sabab - bu AQSH va Britaniyaning Iroqqa hujumi edi, bu guruhni musiqani koʻproq apokaliptiqroq va fojialiroq qilishga olib keldi. Buning uchun bir necha orkestr partiyalari miks qilinib, dramatika qoʻshilgan edi. Haqiqatga yaqinroq esa, bu Mett kayfiyatining oʻzgarishi va tamom boʻlmayotgan depressiya sababi edi.

Absolution (2003-2005)

tahrir

2003-y. sentyabrda chiqqan Absolution albomida Muse'ning avvalgi albomlarini toʻldiruvchi hissiyotlar junbushidan nozikroq lirik-depressiv kayfiyatlarga oʻtishi kuzatilgan. Mashhurlikning ortishi bilan Mettda oʻzidentifikatsiyalash muammolari paydo boʻlganligi mumkin. Muse'ning unga olib keluvchi asosiy muammo deb Mett normal shaxsiy hayotning yoʻqligini aytadi. Ayollar unga provinsiyalik bolaga emas, balki yulduzga qaragandek nazar solishadi. Mett albomning jarangi oʻzgarganligini sezganligi va tinglovchilarning uni qanday qabul qilishi haqida oʻy surganligi maʻlum.

Black Holes and Revelations (2006-hozirgi payt)

tahrir

2006-y. 2-iyulda MUSE oʻzining "Black Holes and Revelations" nomli 4-studiyaviy albomini chiqarishadi. Bu disk guruh tarixidagi eng muvaffaqiyatli boʻlib, sotuvlarning birinchi haftasidayoq yuz ming nushadan ortiq tarqaladi. Hozirgi vaqtda musiqachilar "My Chemical Romance" bilan birgalikda qoʻshma turdadirlar va "Map Of Problematique" yangi singlini tayyorlayaptilar - uning rasmiy relizi 18-iyun 2007-yilga moʻljallangan.

Diskografiya

tahrir

Albomlar

tahrir
Reliz sanasi Nomi
28 sentyabr 1999 Showbiz
17 iyul 2001 Origin of Symmetry
29 sentyabr 2003 Absolution
3 iyul 2006. Black Holes And Revelations
2009 The Resistance
2012 The 2nd Law
2015 Drones
2018 Simulation Theory
2022 Will of the People

Kompilyatsiyalar

tahrir

Filmografiya

tahrir

Kompozitorlar

tahrir

Saundtreklar

tahrir

1. Millions (2004) (performer: Hysteria, Blackout) (producer: Hysteria, Blackout)

Kostyumlar dizayneri

tahrir

1. Into My Arms (2000)

Manbalar

tahrir
  1. Biography at Microuts.net (Wayback Machine saytida 2015-11-27 sanasida arxivlangan)
  2. Article from Kerrang! (1999) archived at Rocketbabydolls.com (Wayback Machine saytida 2006-01-13 sanasida arxivlangan)

Havolalar

tahrir