My Chemical Romance („May Kemikal Romens“) — amerikada 2001-yil tashkil topgan rok-guruh. Guruh tashkil topgandan keyin 2002-yili Eyeball Records bilan hamkorlikda "I Brought You My Bullets, You Brought Me Your Love" albomini chiqaradilar. 2004-yil esa "Three Cheers for Sweet Revenge" albomini chiqaradilar va albomdagi "Helena", "The Ghost Of You", "I'm not Okay (I Promise)" singllari bilan katta muvaffaqiyat qozonadilar. 2006-yil ham muvaffaqqiyatga "The Black Parade" albomi orqali erishadilar. Albomdagi "Welcome To The Black Parade" qoʻshigʻi esa hit darajasiga erishadi.

My Chemical Romance

My Chemical Romance
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi 2001 Nyu-Jersi
Mamlakat AQSH
Janr Pank-rok
Alternativ Rok,post hardcore
Tarkib Gerard Way
Frank Iero
Ray Toro
Bob Bryar
Mike Way
Vebsayt [1]

Tarix tahrir

My Chemical Romance, Gerard Way tarafidan 2001-yil qurildi. Birinchi singllari “Skylines and Turnstiles”ni 11-sentabr voqealariga asoslangan holda yozildi. O'z tarkibiga Mike Way va Ray Toro ni qo'shgan guruh Nyu Jersida bir qancha konsertlarda sahnaga chiqib, rock musiqasini sevuvchilar tarafidan iliq qabul qilindi. Birinchi Albomlari “I Brought You My Bullets You Brought Me Your Love”ni chiqarmasdan oldin guruh tarkibiga Frank Iero ham qushiladi. Bu Al'bomda Frank Iero faqatgina 2 ta qo'shiqda gitara chaladi. Bu albomdagi qo'shiqlar "Aybdor Oshiqlar" mavsuga asoslanadi. 2004-yil chiqgan ikkinchi albom “Three Cheers For Sweet Revenge” "Aybdor Oshiqlar" mavzusini davom ettiradi. Oldingi albom post-hardcore yoʻnalishida yaratilgan boʻlsa, bu albomda koʻproq emo-punk havosi sezilib turar edi. Bu oʻzgarish guruhning baʼzi muhlislari tarafidan yaxshi qabul qilinmasa ham, guruhning muhlislar soni yanada ortadi. Albomning sotilish soni rekord raqamlarga erishadi. 2004-yil guruhning ilk barabanchisi Matt Pelissierning oʻrniga Bob Bryar keladi, 2005-yil Green Day bilan konsertlarda sahna oladi.

23-Oktabr 2006-yilda Angliyada, 24-Oktabr da esa Amerikada uchinchi albomlari The Black Parade sotuvga chiqadi. Albomdagi birinchi singl "The Black Parade" ga klip oldilar va bu singl Angliya hit-paradlarida uzoq vaqt 1-oʻrinda turdi.

Guruh tarkibi tahrir

  • Gerard Way - vokal (2001-yil guruhga qoʻshilgan)
  • Ray Toro - gitara, orqa vokal (2001-yil guruhga qoʻshilgan)
  • Frank Iero - ritmik gitara, orqa vokal (2002-yil guruhga qoʻshilgan)
  • Mikey Way - bass gitara (2001-2007)
  • Bob Bryar - barabanlar (2004-yil guruhga qoʻshilgan)

Gerard Way tahrir

Gerard Arthur Way (Djerard Artur Uey) 1977-yil 9-aprelda AQShning Nyu Jersi shtatida tugʻilgan, My Chemical Romance ni tashkilchilaridan biri. Uey italyan-shotlan kelib chiqishiga ega. U qoʻshiq kuylashni 4-sinfligida maktab spektaklida Piter Penning rolini oʻynayotganida boshlagan. Qoʻshiq kuylashdan tashqaari Uey rasm va komikslar chizish bilan shugʻullanar edi. 1995-yilda oʻrta maktabni bitirganidan keyin, Uey Nyu-Yorkdagi School of Visual Arts sanʼat maktabiga oʻqishga kirdi va 1999-yil bitirdi. 11-sentabr terrakti boʻlgan paytlar Uey Nyu-Yorkda ishlayotgan edi. Bu voqea hayotini oʻzgartirishga turtki boʻldi va u My Chemical Romance guruhini tuzdi. (Guruhning nomi Uelsh Irvinning "Ecstasy: Three Tales of Chemical Romance" kitobining nomidan olingan). Djerarddan tashqairi guruhga Ray Toro, Met Pelisier (keyinchalik uning oʻrniga Bob Brayar qoʻshiladi), Frenk Iyero va Djerardning ukasi Mayk qoʻshiladi. Uey uchun musiqa depressiya, alkogol va narkomanlikka qarshi eng yaxshi ilojga aylandi. Bu esa Djerardni "Helena" kabi shahsiy qoʻshiqlarni yozishiga undadi. Bu qoʻshiqni u buvisi - Yelena Li Rash oʻlganidan soʻngra unga bagʻishlab yozgan. Musiqadagi muvaffaqiyatiga qaramasdan Djerard rasm chizishni tashlamadi. U oʻz guruhi va boshqa guruhlar uchun rasm chizishga davot etti. Rasmlari orqali u yordam maqsadida, ayniqsa koʻkrak saratoniga qarshi kurashish yordam puli toʻpladi. Bundan tashqari u Tsunamidan zarar koʻrganlar uchun The Used guruhining hamkorligida "Under Pressure" qoʻshigʻiga kaver yozdilar. Yaqindagina u MTVdagi MTV2 All That Rocks koʻrsatuvida 63% ovoz bilan "Rokning Qiroli"(Almighty King of Rock) deb tan olindi.

Ray Toro tahrir

Raymond Manuel Toro-Ortiz 1977-yilda 15-iyulda New Jersey shtatida dunyoga keladi. Yoshligida Queen, Metallica, Megadeth va Slayer guruhlarining qoʻshiqlarini sevib tinglardi.

Frank Iero tahrir

Frank Anthony Iero (Frenk Entoni Iero) 1981-yil 31-oktabrda Nyu Jersida tugʻiladi. Uning bolaligi Bellevilleda My Chemical romance ning boshqa ishtirokchilari bilan oʻtadi. Frenk har hil guruhlarda gitara chalishni 11-yoshida boshlaydi. My Chemical Romancedan oldin Pencey Prep, Hybrid, Sector 12, I Am a Graveyard, Give Up the Ghost guruhlarida gitara chaladi. Maktabni bitirganidan keyin Rutgers Universityga oʻqishga kiradi, ammo keyinchalik My Chemical Romancega qoʻshilgach oʻqishni tashlaydi.

Mikey Way tahrir

Michael James Way (Maykl Djeyms Uey) 1980-yil 10-sentabr Nyu Jersi da tugʻiladi. Djerard Ueyning haqiqiy ukasi. Kitob Magazinidi ishlagan paytlari Irvin Velshning Ecstacy: Three Tales of Chemical Romance kitobining nomidan kelib chiqgan holda guruhga nom topadi. Maykl bas gitarani chalishni oʻrgangandan keyin kolledjda oʻqishni tashlaydi va guruhga qoʻshiladi.

Bob Bryar tahrir

Bob Bryar (Bob Brayar) 1979-yil 31-dekabrda Chicagoda tugʻiladi. Bob Floridada universitetga kiradi. Disneyworldda barabanchi boʻlib ishlaydi. Har hil simfonik va jaz guruhlarida barabanchilik qilgan. 2004-yil guruhga qoʻshilgan. Undan oldin The Used guruhi bilan ishlardi.

Diskografiya tahrir

Havolalar tahrir