Punk Rock
Uslubiy ildizlari: Rock'n'roll - Rockabilly - Garage rock - Frat rock - Psixedelik rock - Pub rock - Glem-rok - Protopunk
Madaniy ildizlari: 1970 yillar oʻrtalari AQSh, Birlashgan Qirollik, Avstraliya
Xos cholgʻu asboblari: Vokal - Gitara - Bass - Baraban - hamda boshqa musiqiy asboblar
Mashhurligi:Keng omma uchun
Yaqin janrlar:New Wave - Post-Punk - Alternativ rok - Hardcore - Emo
Fusion janrlar
Anti-folk - Celtic punk - Chicano punk - Cowpunk - Deathcountry - Deathrock - Folk punk - Pop punk - Psychobilly - Punkabilly - Punk blues - Ska punk - 2 Tone
Aloqador mavzular
DIY axloq - Birinchi punk toʻlqini - Queercore - Punk modasi - Punk gʻoyalari - Punk filmlar - Punkzin - Punk submadaniyati - Punk tarixi - Ikkinchi punk toʻlqini - Punk guruhlar roʻyxati

Punk Rock, ildizlari 1974 va 1975 yillarga, AQSh va Birlashgan Qirollika borib taqalgan va oʻzini ilk Ramones, Sex Pistols, The Damned va The Clash kabi guruhlarda mujassam etgan rok musiqiy tarzidir.

Tarixi

tahrir

Pank-Rokni paydo boʻlishi 1976-yil yanvar oyida Manhettendagi East ViIIageda joylashgan CBGB and OMFUG (Country, Blue Grass, Blues and Other Music For Uplifting Gormandizers) deb nomlangan kichkinagina bir klubda berilgan konsertlarga asoslangan Punk jurnalini kelib chiqishi bilan boshlaydi.

Punk jurnalining birinchi soni 1976-yil 1-yanvar kuni chiqdi. Lou Reed va Ramones guruhlari haqida yozilgan maqolalar bilan bir qatorda John Holmstromning avtobiyografik komiksi «Joe», Leqs Mcneilning karikaturalari yer olgan edi. Punkning birinchi soni 3000 dona bosildi va faqatgina New York da tarqatildi. Jurnalning eng ohirgi soni 1979-yilda 25000 dona bosiladi.

Punk madaniyati 19801990-yillarda Angliyadan Shimoliy Amerikaga yoyildi va hardcore degan yangi bir musiqiy yoʻnalishpaydo buldi. Yevropalilarning musiqasiga qaraganda tez va agressiv boʻlgan bu yangi tarz paydo boʻlganidan keyin Skate Punk va Straight Edge kabi boshqa tarzlar ham oʻrtaga chiqdi.

1980-yillarda Amerikada punk rockning yana bir yoʻnalishi — «granj» paydo boʻldi. Nirvana va Pearl Jam kabi grunge guruhlarining ijodlarida heavy punk tasiri sezilib turar edi. Bu guruhlar orqali kelgan muvaffaqiyat boshqa punk yoʻnalishlarini yoʻlini ochdi va power-pop, pop-punk yoʻnalishlari paydo boʻldi.

Pop-punk guruhlariga misol qilib Simple Plan, Good Charlotte va Sum 41 guruhlarini keltirishimiz mumkin.

Punk madaniyati

tahrir

Punk, oʻz kiyinish tarzi, falsafasi, adabiyoti va tashqi koʻrinishi bilan keng tarqalgan bir madaniyatdir. Bu madaniyatdan hozirgi kunimizgacha yana bir qancha tarzlar kelib chiqgan.

"Punk" soʻzining maʼnosi

tahrir

Punk soʻzi ingliz tilida birinchi boʻlib fohisha manosini anglatadi. Funk va Wagnalls yangi inglizcha lugʻatlarda quyidagicha tariflangan:

  • ı. Chirigan tahta, keraksiz narsa, bekorchi gaplar;
  • 2. Mushtum bilan berilgan zarba;
  • 3. Bekorchi Yosh odam;
  • 4. Tartibsizlik.

Baʼzı Punk Guruhlar

tahrir

Bu musiqiy tarz nomi oltida ijod qilgan ilk guruh — Sex Pistols guruhidir.

v.hkz.